ZAMONBOBO
ZAMONBOBO — so’nggi jez davriga oid o’troq dehqonlar manzilgohi va qabristoni (miloddan avvalgi 2ming yillik o’rtasi). Buxoro vohasining g’arbidagi Zamonbobo ko’li yoqasidan topilgan. Zamonbobo turar joylari usti chayla qilib berkitilgan yerto’lalardan iborat bo’lgan. 45 ta qabr ochilgan. Tagi yassi va dumaloq, bezaksiz sopol idishlar, jez buyumlar, paykonlar, tosh munchoqlar, tosh o’roq parchalari va boshqalar topilgan.