Kitob

Kitob —axborotlarni, g’oya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik ka- rashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targ’iboti va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot. Xalqaro statistikada YUNESKO tav- siyasiga ko’ra, hajmi 48 sahifadan kam bo’lmagan, taboqlab tikilgan nodavriy nashrni, shartli ravishda, K. deyish qabul qilingan. K. ishi K.ni yaratish, tayyorlash, uni tarqatish, saqlash, tavsiflash va o’rganish b-n bog’liq katta jarayonni o’z ichiga ola- Di. Fan, adabiyot, san’at asarlaridan matbaada ko’paytirish va tarkatish uchun tanlash, ularga ilmiy va badiiy nuqtai nazardan yondoshish, tahrir qilish, badi- iy bezash, matbaa ijrosini belgilash va nashrga tayyorlash noshirlikning vazifa- si. K.ni ko’plab chiqarish — kitob bosish ishi poligrafiya sanoatiaa olib borila- Di. K.larni to’plash, saqlash, o’quvchilar o’rtasida tashviqot qilish, ulardan ki- tobxonlar foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish kutubxona ishiga qaraydi (q. Kutubxona, Kutubxonashunoslik). K. va b. bosma asarlar haqida muayyan maqsad b-n o’quvchilarga ma’lumot berish va ularni tashviqot qilish bibliogra- fiya vazifasidir va h.k. K.ning paydo bo’lish tarixi ezuvning yaratilishi va shakllanishi jarayoni b-n o’zviy bog’liq. Yozuvningto’zilish xusu- siyatlari (belgilar tizimi, ularning joylashish tartibi), yozuv materiali va qurolining o’ziga xos tomoni va b. ma’ – lum darajada K. tuzilishini qam belgi- lab berdi. Qad. Misr, Rim, Yunoniston va O’rta Osiyoda kishilar tosh, palma daraxti barglari, sopol va b. materi- allarga yozib fikr izxrr etganlar. Har bir K. o’nlab shunday materiallardan tayyorlangan plitalardan iborat bo’lib, og’irligi bir necha kg bo’lgan. Yozuv ma- teriali sifatida papirus usimligi ishlatilishi (mil. AV. 4-3 ming yil- liklarda) b-n o’rama K.lar paydo bo’ldi. Bunday K.larning o’zunligi o’rtacha 10 m atrofida bo’lib, ingichka, yumaloq tayoqlarga o’ralgan va maxsus charm yoki yog’och g’iloflarda saqlangan. Sharq mam- lakatlari, qad – Rim va Yunonistondagi ko’pgina Nodir asarlar papirusga bitil- gan. Mil. AV. 2-asrga kelib K. materiali sifatida pergament (teri)dan foydala- nish keng rasm bo’ldi. Dastlab bunday K. o’rama holda saqlangan. Ayrim ma’lumot- larga qaraganda, O’rta Osiyoda, xususan, Xorazmda mil. AV. 1-mingyillikning 1-yarmida vujudga kelgan zardo’shtiylik dinining muqaddas kitoblaridan Ave- stoning qad. nusxasi ham 12 ming mol terisiga bitilgan. Arablarning O’rta Osiyodagi istilosiga qadar (8-10-a. lar) u erda ko’p Nodir K.lar saqlangan kutubxonalar bo’lgan. Lekin ularning ko’pi bosqinchilik urushlari natijasi- da yo’qotib yuborilgan. 2-4-a.lardan boshlab qad. Rimda xud- Di hozirgi K.larning varaqalari singari buklab, tikib tayyorlangan va bir-biriga biriktirilgan, muqovali K.lar — ko- Deks paydo bo’ldi. Ular dastlab papirus, so’ng pergamentga yozilgan. Bunday K.lar og’ir va besunaqay edi. 6-a.dan boshlab kodeks shakli asosida hoz. ko’rinishdagi K.lar paydo bo’ldi. Teriga ishlangan noyob K.lardan biri — mus-hafi Usmon Kur’onidir. Qur’oni Karimning bu nusxasi 644-656 y.larda xalifa Usmon ko’rsatmasi b-n Muhammad (sav)ning ko- tiblari Zayd ibn sobit, Amir ibn al- O’s va Hishom ibn hakimlar tomonidan kufiy xatida yozilgan. Mazkur qo’lyozma K. Amir Temur tomonidan Samarqandga olib ke-lingan. Jami 353 varaq, hajmi 68x53x22 sm. O’zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. Qog’ozning kashf qilinishi K. tarixi- da yangi davr ochdi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, 650 y.lardayoq Samarqandda qog’ozli K.lar bo’lgan. 13-a.dan Evropa- da qog’oz asosiy yozuv materiali bo’lib qoldi. Qog’oz K.ning ko’payishiga va tarqalishiga yangi imkoniyat ochdi. K. bez- ashga alohida ahamiyat berildi. Uning sahifalariga turli miniatyuralar, hoshiyalariga bezaklar ishlana boshla- Di. Asta-sekin xattotlik (kalligrafiya), muqovasozlik kabi kasblar ajralib chiqdi. Ayniqsa, O’rta Osiyoda o’rta asr- larda xattotlik san’ati keng rivojlan- Di. Mashhur xattotlarning ko’p avlodla- ri K. tayyorlash usulini — materiallar, siyoh, xat ko’chirish texnikasini takomil- lashtirib bordilar. 10-12-a.larda Movarounnahrda mu- ayyan soxa sifatida shakllangan kitobat san’ati 14-15-a.larda yangi taraqqiyot bosqichiga kutarildi. Har bir K. qog’ozidan tortib muqovasigacha, siyox- dan to buyoqlari-yu zarhaligacha ma’lum me’yordagi modda, reja va qoida asosi- da tayyorlanadi, hatto K.dan xushbo’y hid anqib turishi uchun ba’zan siyohga gulob yoki Anbar qo’shilardi. Qo’lyozmalar na- fis husnixat, Zarafshon (tilla suvi sochish), suvli buyoqlar b-n hoshiyaga na- fis naqshlar ishlab badiiy bezatildi. 15-16-a.larda bir qancha iste’dodli xattot, musavvir, lavvoh va saxdof- lar (Abdurahmon Xorazmiy, Sultonali Mashqadiy, Sultonali Xandon, Mirali qilqalam va b.) etishdi. Hirot xattot- lariga ustozlik qilib, kitobat san’a- ti ravnaqiga ulkan hissasini qo’shgan xushnavis xattotlardan Sultonali Mashhadiy edi. U Nizomiy, Hofiz, Sa’- diy, Navoiy, Husayn Boyqaro va b.ning asarlarini ko’chirib Shuhrat qozondi. Sultonali tomonidan ko’chirilgan 50 dan ziyod K. bizning davrimizgacha etib kel- gan. Temuriy hukmdorlar devonxonalari qoshida, xususan, Samarqand, Hirotda maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgan. Bunday kutubxonalar o’rta asr- ning o’ziga xos hunarmandchilik kor- xonasi bo’lib, ularda qo’lyozma K.larni to’plash va saqlash b-n birga K. sozlik b-n bog’liq bo’lgan bir qancha amaliy ishlar bajarildi. Bunday saroy kutub- xonalarining boshliklari «kutubxona dorugasi» yoki «kitobdor» deb atalgan. Ularning qo’l ostidagi ko’plab xushna- vis xattot, naqqosh-musavvirlar, lavvoh, sahhoflar K. yaratishga doyr turli va- zifalarni bajarishgan. Mas, 15-a.ning 1-yarmida Hirotda Ulug’bekning ukase Boysunqur kutubxonasida 40 xattot va bir qancha naqqosh qo’lyozma asarlardan nusxalar ko’chirish va ularni bezash b-n band bo’lgan. Har bir qo’lyozma K. bir necha mutaxassis qo’lidan o’tardi. 1425-29 y.larda Ja’far boy-sunquriy tomoni- dan Abulqosim Firdavsiyning mashhur «Shohnoma» asari ko’chirilib, 20 ta tur- li mazmundagi rangdor miniatyuralar b-n bezatilgan. Noyob san’at asari sifa- tida bu K. Tehron muzeyida saqlanadi. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy sa- Roy kutubxonasi ham o’z davrida mashhur bo’lgan. Navoiy badiiy qo’lyozma san’ati- ni rivojlantirishga katta hissa qo’shdi. Uning bevosita ko’magi b-n Behzod, Sul- tonali Mashhadiy, Shoh Muzaffar kabi o’nlab K.soz ustalar etishib chiqdi. Bu ustalarning uslub va an’analari key- ingi yillardagi kalligrafiya san’a- tining asosini tashkil etdi. Turki- stonda xattotlik yo’li b-n K. tayyorlash o’zoq vaqt davom etdi. Hatto K. bosish kashf qilingandan keyin ham, dastlab- ki vaqtlarda K.lar qo’lyozma yo’li b-n ko’paytirilar edi. K. nusxalarini ommaviy ko’paytirish yo’lidagi izlanishlar natijasida ksi- lografiya paydo bo’ldi. 15-a.ning 40-y. larida Germaniyada Iogann Gutenberg to- monidan K. bosish ixtiro qilinishi K. taraqqiyotida yangi davr ochdi. K. bosish texnikasi asta-sekin takomillashib, boshqa mamlakatlarda ham tarqala bosh- ladi (q. Kitob bosish, bosmaxona). Turkistonda bosma usuli b-n K. chiqarish O’rta Osiyo Rossiyaga qo’shib olingandan keyin tarqaldi. 1868 y. Toshkentda Turkiston xarbiy okrugi shtabining bosmaxonasi tashkil etildi. Shu bosmaxonada nashr etilgan rus oli- mi va sayyohi N.A.Seversovning «Chu va Norin tizmalari etagidagi tog’li o’lka to’g’risida lavhalar» (rus tilida) kitobi Turkistondagi ilk bosma K.dir. O’zbek tilidagi birinchi bosma K. Shohimardon Ibrohimovning 1871 y. Xivada bosil- gan «kalendar»idir. Birin-ketin tur- kistonning boshqa shaharlarida ham xususiy litografiyalar tashkil etildi. Bo’lardan Otajon Abdalov (Xivada), Se- Myon Laxtin (Toshkentda), G’ulom Hasan Orifjonov (Toshkentda) litografiyala- ri mashhur. Bu bosmaxonalarda adabiy, falsafiy, diniy, tarixiy asarlar va darsliklar chiqarildi. Oktyabr to’ntarishidan so’ng sovet tuzumi davrida K. bosish ishi birmun- cha rivojlanib, ommaviy K.lar yaratish ishiga katta ahamiyat berildi. Lekin K.ga, boshqa ommaviy axborot vositala- ri kabi, KPSS va Sovet hukumatining qudratli mafkuraviy quroli sifatida qaraldi. Shu maqsadda juda ko’p nomad va nusxada marksizm-leninizm asarlari, ijtimoiy siyosiy, badiiy, ilmiy K.lar nashr etildi. Ayni vaqtda, 20-30-y. larda, O’zbekistonda asrlar mobayni- da saqlanib kelingan qo’lyozma K.lar, ayniqsa diniy, tarixiy mazmundagi K.lar, keyinroq katag’onga uchragan o’zbek yozuvchilarining asarlari yo’q qilina boshlandi: o’tda kuydirildi, suvga tash- landi. Istiqloldan keyingi yillarda K. mahsulotlari mavzu-mundarijasida ke- skin o’zgarish bo’ldi. Tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarga taalluqli K.lar nashriga alohida ahamiyat berildi. Qur’oni Karimning o’zbek tilidagi tar- jimasi ikki bor nashr etildi (1991 y., «Cho’lpon» nashriyotida; 2001 y., Toshkent Islom un-ti nashriyotida). Imom Buxo- riyning 4 jildli «hadis»lari (1991-96 y.lar, Komuslar Bosh tahririyati), Amir Temur mavzui b-n bog’liq o’nlab K.lar chiqarildi. Alisher Navoiyning 20 jildli to’la asarlari (1998 — 2002, O’zbekiston FA «fan» nashriyoti) chop etildi. Turli nashriyotlarda Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Ku- bro, Mahmud az-Zamaxshariy, Ulug’bek, Yassaviy, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Munavvarqori, Fitrat, Usmon Nosir va b.ning asarlari, 33 jildli «Xotira» K.i chiqarildi. «O’zbekiston» nashri- yotida O’zbekiston Respublikasi Pre- zidenti I.A.Karimovning 10 jildli Asarlari nashr qilindi (1997-2002). Mavjud nashriyotlar ommaning talab- ehtiyojlaridan kelib chiqib badiiy, il- miy, ommabop, darslik va b. tur K.lar nashr etmoqdalar. K.larning badiiy va matbaa ijrosi ham jahon andozalari talablariga javob beradigan darajada yuksalib bormokda (yana q. Noshirlik). K.larning to’zilishi va turlari. Hozirgi K.lar o’quvchilar talabi va este- tik didiga ko’ra muayyan shaklga ega. K. sahifalarga ajratilib, o’rtasidan ti- kiladi va muqovalanadi. Muqovaning K. sahifalari b-n biriktirilgan qismi forzas deyiladi. Ayrim hollarda muqovani saqlash va bezak sifatida muqovaga jild (superoblojka) kiygi- ziladi. K.ning bosh qismida sarvaraq (titul list) bo’ladi. Unda muallif ism- sharifi, K.ning nomi, nashr etilayotgan joyi, yili, nashriyot nomi va b. yoziladi. Sarvaraq qo’sh sahifada bo’lishi mumkin; bu holda u K.ning 2-(muqobil sarvaraq) va 3-betlarini egallaydi. Sarvaraq ma’lumotlarining ayrimlari K.ning l-sahifasi — peshvarak, (avantitul)da ham yozilishi mumkin. Sarvaraqning orqa sahifasiga kitob belgisi qo’yiladi. Ba’zi hollarda sarvaraq o’rnida sar- rasm (frontispis) bo’ladi. Matnning mazmuniga karab, K.da turli usulda sarlavhalar qo’yiladi. Ayrim hollarda yirik sarlavhalar alohida sahifada be- riladi. Bunday sahifa zarvaraq (shmus- titul) deyiladi. K.ning ruknsarlavha (kolontitul) va ruknraqam (kolontsifr) lari undan foydalanish ishini oson- lashtiradi. Shuningdek, K.da munda- rija, muqaddima, xotima, annotasiya, ilova, izoh, turli ko’rsatkichlar, bibli- ografik ro’yxatlar ham bo’lishi mumkin. K. sahifasining hajmi uning nashr bi- chimi b-n belgilanadi (q. 7a-bok). K.lar qanday o’quvchilar ommasiga mo’ljallanganligi, maqsadi va mavzuiga qarab turlarga ajratiladi. O’quvchilarga ko’ra, K.lar ommaviy, mutaxassislar uchun va bolalar kitobi bo’lishi mumkin. Maqsadiga ko’ra, rasmiy, ilmiy, ilmiy- ommabop, o’quv, adabiy-badiiy, ma’lu- motnoma va b. xil K.larga bo’linadi. Ilmiy K.lar ichida monografiya keng tarqalgan. O’quv K.lari darslik, o’quv qo’llanmasi, o’quv metodik qo’llanma va b. turlarga ajratiladi. Ma’lumotnomalar esa lug’at, entsiklopediya, kalendar, yo’l ko’rsatkichlar qabilarga bo’linadi. Ad.: Kasprjak E.I., Istoriya knigi, M., 1964; Sidorov A.A., Kniga i jizn, M., 1972; Lyublinskiy B.C., Kniga v istorii chelovecheskogo obtshestva, M., 1972; Rustamov M., O’zbek kitobi, T., 1968; Murodov A., O’rta Osiyo xattotlik san’a-titarixidan, T., 1971;3iganshina N. A., Musavvir va kitob, T., 1987. Murodjon Aminov.