Ku isitma

Ku isitma, ku rikketsioz, Av- straliya kasalligi, O’rta Osiyo isitmasi, Termiz isitmasi — rikketsiya mikro- organizmlari qo’zg’atadigan yuqumli isitmali kasallik. Kasallik birinchi marta 1933 — 35 y.larda Avstraliya- ning Queensland — Kvislend shtatida aniqlangan (nomi shundan). Qoramol, qo’y, it, ot, tuya, cho’chqa va yovvoyi parran- dalar, yovvoyi hayvonlar, kemiruvchilar va odam kasallanadi, bunda, asosan, o’pka zararlanib, isitma chiqadi, kasallik qo’zg’atuvchisi (Rickettsia burneti) kokk yoki tayoqcha shaklidagi rikketsiya. Tabi- atda bu kasallik chaqiruvchisi kanalar, kemiruvchilar organizmida saqlanib, kasallik ular ozuqalarni ifloslashi yoki qon so’rishi paytida yuqadi. Kasal hayvondan rikketsiya sut, siydik, axlat orqali tashqi muhitga chiqadi. Odamga kasal hayvon sutini qayvatmay iste’mol qilganda, go’sht mahsulotlari orqali yoki kana chaqqanda yuqadi. Kasallik ko’proq chorvadorlarda, ferma va kushxona xodim- larida uchraydi. Klinik belgilari’ — kasallikning yashirin davri 8 kundan 4 haftagacha davom etadi. Qisqa muddatli isitma ko’tarilishi, ishtaha yo’qolishi, shilliq pardalar qizarishi, bo’g’oz hayvonlarda mastit, vaginit va bola tashlash, erkak hayvonlarda orxit kuza- tiladi. Tashhis klinik, epizootologik, epidemiologik holatga qarab qo’yiladi va qon zardobini tekshirish b-n tasdi-klanadi. Davolash: antibiotiklar (xlor- tetrasiklin, terramisin, tetrasiklin, levomisetin) beriladi. Oldini olish: yaylov davri paytida qayvonlar kanalarga qarshi va molxona- lar kemiruvchilarga qarshi dezinfektsiya qilinadi. Kasallikka gumon qilingan hayvonlarni tana harorati o’lchanadi. Qoni tekshiriladi, kasallik aniqlansa, tegishli tadbirlar o’tkaziladi. Abdulla Quranboev.