Kriosfera

Kriosfera (krio… va Yun. Spharia — shar) — er atmosfera, gidrosfera va litosferaning issiqlik ta’siri zo- nasidagi uzuq-uzuq va konfigurasiyasi bo’yicha o’zgaruvchan qobig’i. K. termini va uning tavsifi 1923 y.da polyak olimi A. B. Dobrovolskiy tomonidan taqlif qilingan. Bu ta’limotni V. I. Vervad- skiy, P. I. Koloskov, M. I. Sumgin, N. I. Tolstixinlar rivojlantirgan. Ko’rsatilgan har bir sferaning chegara- sida vaqti bo’yicha K.ning qisqa muddat- li, mavsumiy va ko’p yillik (muttasil) qismlari ajratiladi. K. ning yuqori chegarasi er atmosferasining ustki chegarasiga mos keladi va atmosferada bir necha km balandlikda joylashadi, qutblarga yaqinlashgan sari pastga tushib litosfera va gidrosferaga o’tadi. Uning tarkibiga, atmosferadan tashqari, krio- litozova, muzliklar, qutb havzalarining kriogalin suvlari kiradi. Muttasil K.ning quyi chegarasiga atmosfera va er yuzasiga yaqin qatlamlarda u b-n mav- sumiy va mavjud bo’lgan qisqa muddatli K. ning qatlamlari tutashadi. Vaqtning geologik aspektida K. o’z holatini har doim o’zgartirib turadi. Er tarixining sovuq bosqichlarida uning quyi chega- rasi pasayib ekvator tomon siljiydi, gidrosfera va litosferaning ichiga ki- rib chuqurlashadi. Bu esa kriolitozona- ning quvvatini va u egallagan maydonni ko’paytiradi. Dunyo bo’yicha sovib ketish jarayoni natijasida materiklar va den- gizlarning muzlashi (dengiz va mavsu- miy muz qoplamlari egallagan maydon- larning kengayishi) rivojlanadi. Issiq davrda kriolitozona, materik muzlikla- ri joylashgan maydonlar kamayadi, den- gizlarning muzlashi qisqaradi. Sovish va isib ketish atmosfera tsirkulyasiyasi- dagi butun sayyoraviy o’zgarishlarga olib keladi. Sovish jarayonida gidrosferadagi erkin suvning katta miqdori dengizlar regressiyasi va shelflar yalangochlani- shini sodir qilib muzli qoplamalar jamlanadi. Iqlimning isib ketishi dengiz transgressiyasi b-n birga materi- klar muzlashining degradasiyasiga olib keladi. K.ning o’simliklar, hayvonlar va in- sonning ayrim xo’jalik turlari faoliya- tiga muayyan ta’siri bor.