Kremniy

Kremniy (Silicium), Si — mende- leev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element, tartib raqami 14, at. m. 28,0855. Uchta barqaror izotopi bor: 28Si (92,27%), MSi (4,68%) va 30Si (3,05%). K. kisloroddan so’ng tabiatda eng ko’p tarqalgan element. Er po’stining massasi jihatidan 27,6% ini tashqil etadi. Tabiatda birikmalar [ko’pincha kremniy (1U)-oksid SiO2″ qumtuproq va silikatlar] qolida bo’ladi. K. SiO2 holida o’simlik va xayvon to’qimalarida ham uchraydi. Sof K.ni ilk bor 1911 y. frantsuz kimyogari J. L. Gey-Lyussak va L. J. Tevarlar ajratib olishgan . K. — kulrang, kumushdek yal-tiroq mod- da. Amorf va kristall holda bo’ladi. Kristall holdagi K.ning suyuqlanish t-rasi 1423° (suyuqlanganda hajmi 9% ga kamayadi), qayvash t-rasi 3249° , zich- ligi 3,33 g/sm3 – Poling bo’yicha elektro- manfiyligi 1,8, at. radiusi 0,133, ion radiusi (qavslarda koordinasion son- lar keltirilgan) 0,040 nm (4), 0,054 nm (6), diamagnetik. Oddiy sharoitda K. mo’rt modda, 8000″ dan yuqorida plastic holatga o’tadi. Kimyoviy birikmalarda, asosan, to’rt valentli, inert, qizdirilsa faolroq holatga o’tadi. Odatdagi t-Rada faqat ftor b-n birikadi. Yuzasida himoya pardasi (oksid parda) hosil bo’lishi sa- babli K. yuqori haroratda ham barqaror bo’ladi. K. 400° dan yuqorida kislorod ta’si- rida SiO2 gacha oksidlanadi. Kislotalar ta’siriga chidamli, faqat nitrat va fto- Rid kislotalar aralashmasi b-n reaktsiya- ga kirishadi. K. ishqorlar b-n reaktsiyaga kirishib, vodorodni ajratib chiqaradi va silikatlar hosil qiladi: Si+2NaOH+H2O=Na2SiO3+2H2T. 300-500° da galogenlar b-n birikib galogenidlar (SiX4 yoki SinX2n+2), 600° da oltingugurt bug’lari ta’sirida disulfid (SjS2)hh beradi, 600° dan yuqorida u monosulfid (SiS)ra aylanadi. K. yuqori t-Rada ko’pgina metallar b-n birikib, silisidlar hosil qiladi. Amorf holdagi K. ko’p miqdordagi turli gazlarni eritish xossasiga ega. Mac, K. vodorod b-n qattik, eritma (47 at.% N2) beradi. SiO2 K. ning eng oddiy va barka- ror birikmasidir. Amorf holdagi SiO2 silikat kislota hosil qiladi. Sanoatda texnik K. 1800° da qumtuproqni koks b-n, uta sof holdagi K. esa kremniy tetraxloridni 1200-1300° da o’ta sof qoddagi vodorod yordamida qaytarib olinadi. Ozroq miqdordagi K.ni Na2SiF6 yoki K^G’^eritmalarini elektroliz qilish usuli b-n olish mumkin. K. — elektronikada asosiy yarimo’tkazgich metallaridan biri. Uning asosida tayyorlangan asboblar 200° t-ragacha chidaydi. K. intefal sxemalar, diodlar, tranzistorlar, quyosh batareyala- ri, fotopriyomniklar, yadro fizikasida dedektorlar va turli linzalar tayyor- lashda ishlatiladi. K. va uning birikma- lari kremniyorganik hosilalar, sili- tsidlar olishda qo’llaniladi. K.— bio- gen element. U inson, hayvon, o’simlik va mikroorganizmlarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun zarur. Odam or- ganizmida K. etishmasa, uning ko’zi og’riydi, tish emali emiriladi, tirnoq yupqalashib, sinuvchan bo’ladi, teri, soch o’zgaradi. Rustam Marupov.