ZANJIR

ZANJIR — 1) birinketin birik tirilgan metall halqalardan tayyorlanadigan egiluvchan buyum. Qadimdan xo’jalikda, zargarlikda ishlatib kelingan; 2) mashina va inshootlarning ketmaket biriktirilgan zvenolardan iborat egiluvchan qismi. Vazifasiga ko’ra, harakatni uzatuvchi, yuk ko’taruvchi, tortuvchi (yukni bir joydan ikkinchi joyga tashuvchi), arrabop (motorli arralarda), o’yuvchi, kesuvchi (zovur qazish, foydali qazilma qazib olish mashinalarida) va boshqalar; tuzilishi hamda yasalishiga ko’ra, doira zvenoli, payvand va quymali, plastinkali, ilmokli, blokli va boshqa xillarga bo’linadi. Harakatni uzatuvchi Zanjir zanjirli uzatmarz. qo’llaniladi. Uning vtulka rolikli plastinkatishli (rasm, a, b) xillari bor. Yuk ko’taruvchi Zanjir yuk ko’tarish mashina va qurilmalarida ishlatiladi. Uning plastinkasharnirli, payvandlangan yumaloq halqali (rasm, v, g) xillari bo’ladi. Tortuvchi Zanjir konveyer, eskalator va boshqalar qo’llaniladi (rasm, D). Kemalar yakori ham Zanjir yordamida ko’tarib tushiriladi.