Ksenon

Ksenon (Yun. xenos — begona, lot. Xsepop), Xe — Mendeleev davriy siste- masining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 53, at.m. 131,29. Inert gazlar jumlasidan. Havodan AJ- ratib olingan tabiiy K. 9 ta izotop- dan iborat: i24Xe (hajmi jihatidan 0,096%), l26Xe(0,090%), 128xe(1,92%), 129xe(26,44%), 13oxe(4,O8%), |3|Xe(21,18%), 132xe(26,89%), |34xe(10,44%), |36xe(8,87%). Uran mi- nerallaridan ajratib olingan. K.ning izotop tarkibi bundan farq qiladi, chun- ki 235U va 238U bo’linganda radioaktiv izotoplar hosil bo’ladi. Yadroviy port- lashlarda ham shu hodisa kuzatiladi. Po- Ling bo’yicha elektromanfiyligi 2,6; at. radiusi 0,218 nm. K. hajm jihatidan at- mosferaning 0,86-10~5%ni tashkil eta- Di. Fazoda juda siyrak tarqalgan (7,7- 108 atom geliyga 1 atom K. to’g’ri keladi). K. — bir atomli rangsiz va hidsiz gaz. Qaynash t-rasi 165,05 K; qattiq holatdagi K.ning zichligi 2,700 g/sm3 (133K), suyuq holatdagi K.niki 2,987 g/sm3 (165K), gaz holatdagi K.niki 5,85 kg/m3 (273K, 0,1 MPa). K. faqat ftor b-n bevosita bi- rikadi va K. ftoridlari (XeF2 XeF4 va XeF6) hosil qiladi. K.ning boshqa bi- rikmalari bilvosita usullar yordamida K. ftoridlardan olinadi. K. (Sh)-oksid, XeO, — oddiy sha- roitda rangsiz kristall modda. Suvli eritmalarda oksidlovchi, ko’pgiva or- ganik moddalarni parchalab SO2 AJ- ratib chiqaradi. Kristall holatdagi XeO3 — portlovchi modda. 30 mg dan ortiq mikdorda o’z-o’zidan portlaydi. Xeo3dantashqari K. (1U)-oksid, XeO4 (suyuklanish t-rasi — 35,8°, oddiy sharo- itda oson parchalanadi) ham ma’lum. K. sanoatda havodan olinadi. Uni Kripton-Ksenonli kontsentratdan ajra- tib olish ham mumkin. Elektrovakuum texnikasida, gaz yorug’lik lampalari, kuch- li gazrazryadli – va impulsli yorug’lik manbalarini radiografiya va tibbiyot diagnostikasida, shuningdek, vacuum qurilmalaridagi yoriqlarni aniqlashda qo’llaniladi.