Kraxmal

Kraxmal (nem. kraftmehl) — o’simlikning asosiy uglevod zahirasi. Umumiy formulasi (S6N|()O5)g. Rang- siz amorf modda. Fotosintez jarayoni- da o’simliklarning barglarida hosil bo’ladi. K.ni to’la gidrolizlab, glyu- koza olinadi. U o’simliklarning tur- li qismlarida, ayniqsa, kartoshka tu- guvagida, ildizida, bug’doy, sholi va makkajo’xori donida dovachalar shaklida tuplanadi. K. miqdori bug’doyda 75%, makkajuxorida 72%,guruchda 80%,kar- toshkada 12— 24% ga etadi. Turli o’simliklardan olingan K. dovachala- rining shakli va hajmi xar xil. Mas, kartoshka K. do-vachalari nisbatan Yi- rik (kundalangi 25-100 MK), guruch K. dovachalari esa mayda (kundalangi 3-7 MK). K. dovachalari suvda isitilganda parchalanib, kleyster hosil qiladi. De- yarli barcha K.lar ikki xil polisaxarid — amiloza vaamilopektindan iborat. K. sovuq suv, spirt, efir va b. organic erituvchilarda erimaydi. Kislotalar ta’sirida gidrolizlanib, avval dek- strinlarga, so’ngra to’la gidroliz nati- jasida D-glyukozaga aylanadi. Ferment- lar ta’sirida ancha tez gidrolizlanadi. K. gidrolizini katalizlovchi ferment- lar amilazalar deb ataladi. Odam va hayvonlar uchun o’simlik K.i qimmatli oziq modda x.isoblanadi. In- sonning uglevodlarga bo’lgan ehtiyoji, asosan, non, kartoshka, krupalar va b. tarkibadagi K. b-n qoplanadi. Sanoatda K., asosan, kartoshka, makkajo’xoridan olinadi. Kartoshka K.i (kartoshka uni) olishda maydalab qorilgan kartoshka massasi suv b-n ishlanadi. Hosil bo’lgan K. sutini tindirib yoki tsentrifuga- lab K. ajratib olinadi. K. oziq-ovqat, qandolatchilik, go’sht mahsulotlari tay- yorlashda keng qo’llanadi. Etil spirt, bu- til spirt, atseton va sut kislota, tsitrat, glyukonat kislota, elim i.ch.da K.dan xom ashyo sifatida foydalaniladi. Anti- biotiklar, vitaminlar, poroshoklar tayyorlashda ishlatiladi. K. va uning mahsulotlari to’qimachilik, qog’oz sanoa- tida qo’llaniladi.