Kolorit
Kolorit (ital. colorito, lot. Color — rang, bo’yoq) — tasviriy san’at asar- lari (ko’pincha rangtasvir) voqelikni Real va ifodali tasvirlashda ranglar- ning o’zaro mutanosibligi. Voqelikni ta’sirli tasvirlash vositasining tar- kibiy qismi bo’lgan K. asarning g’oyasi, mazmuni, davri, uslubi hamda muallif- ning shaxsiga bog’liq. Tarixda voqelik tasvirida mahalliy ranglar ozmi-ko’pmi cheklanib, ramziy ranglardan ko’proq foydalanish (o’rta asrlar san’atida) va voqelikni barcha bo’yoklarda (uning rangi, tusy, nursoya va b.dan foydalanib) rang- dor ifodalash an’anasi shakllangan. K. ranglar uyg’unligiga ko’ra, iliq (qizil, sariq, zarg’aldoq) yoki sovuq (ko’k, yashil, binafsha), sokin va jiddiy, yorug’yoki to’q, rangdorligiga ko’ra, yorqin, xira va b. bo’lishi mumkin. Ranglar uyg’unligi, uning to’ldirilishi va keskinligiga amal qilib, betakror va murakkab K. yara- tiladi (Velaskes, Tisian, V.I. Surikov, I.E. Repin, o’zbekistonlik rassomlar- dan P. Benkov, O’. Tansiqboev, 3. Kova- levskaya, Ch. Ahmarov va b.ning asarlari). Naqshlarda K. birorta rang (Zango- ri, yashil, qizil, jigarrang va b.)ning hukmronligiga asoslaniladi, qolgan ranglar unga bo’ysundiriladi. Mac, yashil rang muhitida barcha rang tuslari yashil rangga bo’ysundiriladi. Shuningdek, K. biror narsaning o’ziga xos tomonlari majmuini ham anglatadi. Mas, badiiy asarning o’ziga xos xususi – yatlari (davr, milliylik va b.).