Ko’lbuloq makoni
Ko’lbuloq makoni – qadimgi tosh (paleolit) davriga tegishli ko’p madaniy qatlamli yodgorlik. K. m. Qizilolmasoyning Jarsoy o’zani sohiliga joylashgan Ko’lbuloq yaqinidan (1962 y.) topilgan. K.m.ni arxeologik jihatdan o’rganish ishlari 1963-83 y.larda arxeolog M. R. Qosimov tomo- nidan davomli, keng ko’lamda olib bo- rilgan. Uning madaniy qatlamlari 19 m gacha chuqurlikda o’rganib chiqilsada, qazishmalar zarang qatlam (materik) gacha etkazilmagan. Shunga qaramay, K.m. ajdodlarimizning qad. tosh davrida bir necha yuz ming yillar davomida uz- luksiz yashagan turar joy makoni bo’lib, u faqat O’rta Osiyoda emas, balki O’rta Sharq mintaqalari yodgorliklarining yoshini aniqlashda noyob tayanch yodgorlik hisoblanadi. K.m.ning yuqori qatlamlari 1,5—2 m qalinlikda so’nggi paleolit davriga oid bo’lib, u 600 m2 maydonda o’rganilgan. Qazishma chuqurlashgan sari uning may- doni qisqarib borgan. K.m.ning yaqin 11 m. qalinlikdagi o’rta qatlamlari mu- ste davriga oid bo’lib, uning ostidan 0,7—0,8 m qalinlikdagi toza qumli loy qatlami topilgan. Uning ostidan esa 5 m qalinlikdagi ashel davriga tegishli quyi qatlam ochilgan. Tadqiqotchilar fikriga qaraganda, K.m.da, ajdodlar hayoti quyi sheystosi- ning so’nggi bosqichidan to yuqori pley- stosenning oxirigacha davom etgan, ya’ni Ko’lbuloqda hayot bundan rosa 600-700 ming yil avval boshlanib, to mil. AV. 40- ming yillikkacha davom etgan. K.m.ning har bir davr qatlamlaridan juda boy tosh qurollar va tegishli xayvon suyakla – ri topilgan. Muste va yuqori paleolit qatlamlaridan esa o’choq qoldikdari, kuygan hayvon suyaklarining parchala- ri topilgan. Tosh kurollarga berilgan ishlov texnikasiga ko’ra, Ko’lbuloq tosh «indust-riyasi» o’ziga xos sifatlarga ega bo’lib, paleolitshunos mutaxassis- lar unga Ko’lbuloq makon-ustaxonasi maqomini berganlar. Ahmadali Asqarov.