ZARBIY TO’LQIN

ZARBIY TO’LQIN tovush tezligi dan katta tezlikka ega jiemning yoki zichligi, bosimi va temperaturasi keskin yuqori bo’lgan muhit qatlamining harakati ta’sirida muhitda paydo bo’ladigan to’lqin. Portlash va detonatsiya natijasida jismlar yoki jism qatlamlari tovush tezligidan katta tezlikda harakatlanganda, lazer (yoki elektron) nuri fokusida va hokazolarda hosil bo’ladi. Zarbiy to’lqin natijasida moddalarning zichligi, bosimi va trasi keskin oshib ketadi. Zarbiy to’lqin fronti orqasidan atmosfera bosimidan katta bosimli siqilgan havo (suv, tuproq) qatlami, bular orkasidan esa atmosfera bosimidan kichik bosimli siyrak havo (suv, tuproq) qatlami harakatlanadi. Zarbiy to’lqin siqilgan havo qatlamidan tezroq siljiydi, vaqt o’tishi bilan Zarbiy to’lqin harakati susayadi, bir ozdan so’ng tezligi tovush to’lqini tezligiga baravarlashadi. Atom bombasi portlaganda hosil bo’ladigan Zarbiy to’lqin bunday qurolning asosiy shikastlovchi omili hisoblanadi. Masalan, trotil ekvivalenti 20 ming tonna bo’lgan bomba portlaganda hosil bo’ladigan Zarbiy to’lqin 4 kilometr naridagi binolarni vayron qilishi, jangovar texnikani yo’q qilishi yoki ishdan chiqarishi mumkin. Bunday Zarbiy to’lqin 1,5 kilometr naridagi kishilar va hayvonlarni ham shikastlaydi. Oddiy himoya vositalari (okoplar, blindajlar, o’rmonlar) Zarbiy to’lqin ta’sirini ancha kamaytiradi.