San’atlar sintezi
San’atlar sintezi – bir ba- diiy asar yoki yaxlit ansamblni yaratish- da turli san’atlar va san’at asarlari- ning o’zaro uzviy bog’lanishi; insonning moddiy va ma’naviy muhitini estetik jihatdan tuzishga xizmat kiladi. S.s. tushunchasi sifat jihatdan yangi badiiy- lik yaratishni nazarda tutadi. Seda har biri o’zining cheklangan ifoda va tasvi- riy imkoniyatiga ega bo’lgan san’atlar birlashuvi natijasida ifodasi beqiyos yangi badiiy asar yuzaga keladi. Badiiy asar g’oyasi, obraz va kompozision butun- ligi, makon va zamonni yaratishdagi umu- miy ishtiroki, ko’lami, ritmidagi mo- nandlik san’atda ularni idrok etishni kuchaytirib, sifat o’zgarishlarini yuzaga keltiradi; badiiy g’oyalar rivojiga ko’p planlilik, serqirralik baxsh etib, in- songa har taraflama to’la hissiy ta’sir ko’rsatadi. Teatr, kino va unga yakin fazo- viy san’atlar tabiatan mujassamlashti- ruvchi bo’lib, bular dramaturg (stsenariy- chi), aktyor, rej., rassom, kinoda, shuning- dek, operator ijodini birlashtiradi; musiqali teatrda dramatik san’at, vo- kal va cholg’u asboblari musiqasi, xore- ofafiya va h.k. bir butunlikda namoyon bo’ladi. Rejissyorlik san’ati badiiy te- ATR yoki kinematografiya asarlarini yangi butunlikka birlashtiradi. San’at tarixida sintezning xil- maxil turlari ma’lum. Tasviriy san’- at, amalip san’at asarlari va me’mor- lik hamisha o’zaro bog’lanishga, birla- shishga moyshshir. Bunda rang-tasvir, haykaltaroshlik asarlari o’z vazifasini bajarish b-n birga me’moriy obrazni boyitadi. Bu nafis uyg’unlikda, odatda, amaliy bezak san’ati, dastgoh san’a- ti asarlari (kartina, haykalcha va sh.k.) ishtirok etadi. Sintez san’at turlari (mas, kinoda — xronika, reportaj va h.k. usullarni badiiy filmda qo’llash) va san’atlararo (mas, teatr voqealariga kinematografiya tasvirini kiritish) turli darajada amalga oshiriladi. Seda ishtirok etayotgan san’atlar orasidagi muvozanat turlicha bo’ladi, san’atning biriga aloqador bo’lgan sifat ham (mas, klassisizmda nafis san’atlarning mu- tanosibligi, yunon san’atidagi «nafis- lik», barokko san’atidagi «tasviriy- lik» va b.) umumiy ahamiyat kasb etadi. San’atning bir turi qolganlarini o’ziga bo’ysundirib (mas, qad. Misr me’morli- gi haykaltaroshlik va rang-tasvirni) to’liq hukmronlik qilishi nazarda tu- tiladi. Rassom (haykaltarosh)ning g’oyasi tufayli san’at turlari o’zaro chatishib ketishi birbirini to’ldirishi va bir- biriga keskin qaramaqarshi qo’yilishi mumkin. Ibtidoiy jamoa tuzumida san’atlar turlarga bo’linmagan, qorishiq holda bo’lib, inson faoliyati va uning maro- simlari b-n bevosita qo’shilib ketgan. San’atlar o’z xususiyatlari va o’ziga xos- ligini namoyon etib bo’lina boshlaganda teskari jarayon — ularning sinteziga intilish yuzaga keldi. Qad. Sharq madani- yatidan boshlab ibodatxona diniy maro- simlari b-n yagona g’oyaga bo’ysundirilgan me’moriy elementlar, tasviriy va ama- liy bezak san’ati, og’zaki va yozma ijo- diyot, shuningdek, marosim harakatlari S.s.ning dastlabki ko’rinishlari sifa- tida maydonga chikdi. Mahobatli Misr ehromlari me’moriy unsurlarning ramziy ko’rinishlariga yunon madaniya- ti insonning yuksakligini ifodalov- chi me’morlik va haykaltaroshlikning uyg’un holdagi birikuvini qaramaqarshi qo’ydi. Uyg’onish davrida san’atning bo’linishi yuzaga keddi; sintezning har bir san’atning o’z mustaqilligiga asoslangan yangi shakllari paydo bo’ldi. Uyg’onish davri ustalari (Bramante, Rafael, Mikelanjelo va b.) ijodida san’atning yaxlit, uyg’unlashgan ansam- Blga birikishining umumiy qoidalari alohida to’laqonli ishlab chiqildi. 20-a. Cera oid muhim ishlar ilg’or ijtimoiy va inqilobiy harakatlar ta’sirida (D. Rivera, D. Sikeyros, X. Orosko va b.) jamoat qurilishlari, me’moriy insho- otlar va ko’rgazmalar majmualari yara- tilishi, shuningdek, ma’lum g’oyalarga yo’naltirilgan bayramlar, xalq yurish- lari, festivallar va h.k.ni bezash b-n bog’liq. Sharkda (Qad. Hindiston, Xitoy), jumladan, O’rta Osiyoda qadimdan yara- tilgan ibodatxona, saroylar, butun bir shaharlar — Xolchayon, Varaxsha, Tuproqqal’a, Afrosiyob saroylari S.ening xilmaxilligini ko’rsatadi. Navoiy teatri, Muqimiy teatri, tosh- kent metropoliteni bekatlari, xalqlar do’stligi saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Buxoriy yodgorlik maj- mui va b. binolar chinakam xalq san’ati- ning ajoyib uyg’unlashgan san’at namu- nasidir. Abdulhay Umarov