So’z tartibi

So’z tartibi, gap bo’laklarining tartibi — gap bo’laklarining o’zaro ma’lum grammatik qonunqoidalar aso- sida, ma’lum sintaktik, mazmuniy, uslubiy qiymati bilan bog’liq holda joylashuvi. Gap bo’laklari tartibi- ning o’zaro qaramaqarshi qo’yiluvchi bir necha turlari bor. Bulardan eng asosiy- si to’g’ri tartib va teskari tartib op- pozisiyasidir. To’g’ri tartib da sintak- tik tuzilma qismlari (ran bo’laklari, qo’shma gap predikativ qismlari va b.) ma’lum qonunqoidalar asosida odat- dagicha joylashadi. Mas, o’zbek tilida aniqlovchining aniqlanishdan, eganing kesimdan, to’ldiruvchi yoki holning ke- simdan oldin joylashuvi to’g’ri tartib hisoblanadi: bahavo erlar, Karim o’qib bo’ldi, kitobni o’qidi, to’satdan kelib qoldi kabi. Teskari tartib da ma’lum uslubiy, semantik maqsad va b. sabab bi- lan sintaktik tuzilmaning (undagi gap bo’laklarining, qo’shma ran predikativ qismlarining) to’g’ri, odatdagi tartibi o’zgaradi, inversiya yuz beradi. Mac, u kel- Di (to’g’ri tartib) — keldi u (teskari tar- tib), kecha ketdi (to’g’ri tartib) — ketdi kecha (teskari tartib) kabi. To’g’ri tartib ko’pincha darak gaplarga xos bo’lib, il- miy, rasmiy uslublar uchun xarakterli- dir. Teskari tartib esa asosan so’zlashuv, badiiy va qisman publisistik uslublar- ga xos bo’lib, bu holat ko’pincha mazmun- ni sezilarli o’zgartirmasada, nutqning ta’sirchanligini, emosionalligini oshiradi. Lekin ba’zan teskari tartib bo’laklarning sintaktik vazifasini xam, gapning mazmunini ham o’zgartirib yuboradi: quvnoq bolalar kuyladilar — Bolalar quvnoq kuyladilar; charm mahsi (charmdan ishlangan) — maxsi charm (mahsibop). Bunday hollarda S.t.ning erkin vabog’liq turlari farklanadi. Sifatlovchi bilan sifatlanmishning (quvnoq bolalar) gapdagi o’rni bog’liq tartibni ko’rsatadi. Erkin tartibda gap bo’laklarining o’rnini o’zgartirish mum- kin. Bunda mazmun va sintaktik holat emas, faqat uslubiy xususiyat o’zgaradi: Kinoga kecha ko’plashib bordik — kecha ko’plashib kinoga bordik — ko’plashib kecha kinoga bordik kabi.