Sferik astronomiya
Sferik astronomiya – astro- metriya bo’limi; yoritqichlarning (yul- duzlar, Quyosh, oy, sayyoralar, sun’iy osmon jismlari va b.) osmon sfera- sidagi ko’rinma vaziyati va harakatini anikdash bilan bog’liq masalalarni ma- tematik usulda echish uslublarini ish- lab chiqadi. S.a.ning asosiy tushunchasi osmon sferasidir. Osmon sferasidagi yoritqichga bo’lgan har bir yo’nalish sfe- Rada nukta bilan, tekislik esa doira bilan tasvirlanadi. Osmon sferasida- gi nuqtalarning o’zaro joylashishi va harakatini o’rganish uchun koordinata sistemalari qo’llanadi (q. Astrometrik koordinatalar). Bir koordinata sistema- sidan ikkinchi koordinata sistemasiga utish sferik trigonometriya formulala- ri yordamida amalga oshiriladi. S.a. ning muhim vazifalaridan biri vaqt hisobi astronomik sistemasining nazariy asosini yaratishdan iborat. Er- ning o’z o’qi atrofida va Quyosh atrofida- gi davriy harakati vaqt hisobining aso- si qilib olinadi. Er aylanishi qaysi nuqta (bahorgi tengkunlik va Quyosh) ga nisbatan olinishiga qarab vaqt hisobi yulduz va quyosh sutkalarida olib bori- ladi. Kalendarta erning Quyosh atrofida aylanish davri — tropik yil asos qilib olingan. Astronomiyada vaqt hisobi be- vosita tropik yillarda, o’rtacha uz. 365, 25 sutka bo’lgan kalendar yillarda yoki uzluksiz yil hisobi (ya’ni Yuliy davri) da olib boriladi. Yoritqichlarning kuzatishdan topil- gan o’rinlari quyidagi sabablarga ko’ra haqiqiy o’rinlariga nisbatan silji- gan bo’ladi; 1) presessiya ta’sirida er- ning o’qi yo’nalishini davriy ravishda (26000 yilda) o’zgartirib, konus sir- tini hosil qiladi. Er o’qining bunday ilgarilanma harakati nutasiya tufayli kichik tebranishlarga ham ega; 2) osmon sferasida yulduzlarning ko’rinma o’rni uning haqiqiy o’rnidan yorug’lik aberra- tsiyasi tufayli farq qiladi. Bu hodisa kuzatuvchi va yoritqichlarning birbi- riga nisbatan harakati natijasida, ya’ni erning Quyosh atrofidagi harakati tufayli yillik aberasiya, erning o’z o’qi atrofida aylanishi tufayli sut- kali aberrasiya ta’sirida ro’y beradi. Aberrasiya natijasida yoritqich Apeks tomon siljigan bo’ladi; 3) erning o’z o’qi atrofida aylanishi va Quyosh atro- fidagi harakati natijasida kuzatuvchi yoritqichga nisbatan o’z yo’nalishini ham o’zgartiradi, ya’ni parallaktik siljish ro’y beradi. Shuning uchun Quyosh sistema- sidagi jismlarni kuzatganda ularning koordinatalarini er markaziga (sutkali parallaks), yulduzlarni kuzatganda quyosh sistemasining markaziga, ya’ni Quyoshga (yillik parallaks) hisoblashlar yo’li bilan keltiriladi. Parallaktik sil- jishning kattaligi yoritqichgacha bo’lgan masofaga bog’liq; 4) refraktsiya tufayli yoritkich Zenitga tomon ko’tarilgan bo’lib ko’rinadi. Yoritqichlarni kuzatish nati- jasidan yukrrida keltirilgan omillar- ni hisobga olish bilan geografik koor- dinatalar, azimut va vaktni hisoblash kabi amaliy hamda nazariy masalalar echiladi. Kuzatish natijalari asosida astronomik doimiyliklarni aniklash S. a.ni fundamental astrometriya va osmon mexanikasi bilan, Quyosh sistemasida- gi jismlarning sirt koordinatalarini aniklash uni amaliy astronomiya bilan uzviy bog’laydi. Bundan tashqari, S.a. Quyosh va oy tutilishi, yulduzlarning Oy tomonidan tusilishi, sayyoralarning quyosh gardishidan utishi va b. hisoblash usullarini ham ishlab chiqadi.