Sud qarori

Sud qarori (O’zRda) — fuqarolik, xo’jalik, ma’muriy va jinoyat ishlari bo’yicha sud tarkibi yoki sudya chikaradi- gan huqukiy xujjat. S.q. qabul qilish asoslari va qayta ko’rish tartiblari prosessual qonunlarda belgilangan. 1instantsiya sudi jinoyat ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi nomidan hukm, shuningdek, ajrim chiqaradi, fuqarolik va xo’jalik ishlari bo’yicha S.q. hal qiluv qarori yoki ajrim tarzida bo’ladi. 2 instantsiya sudlari ajrim chiqaradi. Apellyasiya instantsiyasi sudi jinoyat ishi bo’yicha okdov hukmi chiqarishga ham hakli. Ish sud rayosatlarida va O’zR Oliy sudining plenumida ko’rilganda qaror chiqariladi. Jinoyatlarning oldi- ni olish va ularni keltirib chiqaruvchi shartsharoitlarni bartaraf etish bo’yicha chikariladigan S.q. xususiy ajrim deb nomlanadi. Kanday nomlanishdan qat’i nazar, S.q. barcha davlat organlari, ja- moat birlashmalari, korxonalar, muas- sasalar, tashkilotlar, mansabdor shax- slar va fuqarolar uchun majburiydir (O’zbekiston Respublikasining Konsti- tusiyasi, 114modda).