Sud muhokamasi

Sud muhokamasi (O’zRda) sud majlislarida muayyan ishlarni ko’rish va hal qilish. S.m.ni sud majlisida raislik qiluvchi tashkil qiladi, unda ko’riladigan masala doirasini belgi- laydi, ishtirok etuvchilarni taklif etadi, ularga xuquq va majburiyatlarini tushuntiradi va ta’minlaydi, da’vo- gar, javobgar, sudlanuvchi, jabrlanuv- chi va b.ning talablari, e’tirozlari, fikrmulohazalari e’tiborga olinishi- ni va dalillarning tekshirilishini ta’minlaydi. Sm. ba’zan yshni boshqa sudga yoki huquqni muhofaza qiluvchi dav- lat organlariga, jamoat birlashmalari- ga yuborish bilan ham tugallanadi. S.m. xolisona, sinchkovlik bilan, muhokama qatnashchilarining erkin faolligi va tashabbuskorligi ruhida o’tkazilishi lozim. S.m. o’tkazish tartibi prosessu- al qonunlarda batafsil bayon etilgan (O’zbekiston Respublikasi FPK, 162— 202 moddalar; O’zbekiston Respublikasi XPK, 125—134moddalar; O’zbekiston Respublikasi JPK, 406—427moddalar).