«Sadoi Farg’ona»

«Sadoi Farg’ona» («Farg’ona ovozi») — jadidlarning ijtimoiy-si- yosiy, adabiy-badiiy gazetasi. Qo’qonda 1914 y. 3 apr.dan 1915 y. 26 mayga qadar o’zbektilida nashr qilingan. 1914 y. 17 iyuldan «Ferganskoe Exo» nomi b-n haftada 3 marta rus tilida ham chiqqan. Gaz.ni qo’qonlik taraqqiyparvar ziyoli va tadbirkor Obidjon Mahmudov (ta- xallusi Obid chatoq) tashkil etgan. Gaz. xususiy bosmaxonada 4 sahifada, taxm. 500-600 nusxada chop qilinib, asosan, qo’lda tarqatilgan. Tahririyatning tar- kibi 3 kishi — o. Mahmudov (noshir va muharrir), Ashurali zohiriy (ada- biy xodim, Musahhih), Usmon Nuriy- dan (rus tilidan o’zbekchaga tarjima qilish b-n shug’ullangan) iborat bo’lgan. O. Mahmudov va A. Zohiriy gaz. Uchun turli mavzularda makrlalar ham yozish- gan. «S.F.»da o’sha davr o’zbek adabieti va publisistikasining taniqli na- moyandalari — Hamza Hakimzoda niyo- ziy, Abdulhamid Sulaymonov (Cho’lpon), To’lagan Xo’jamyorov (Tavallo), Ibrohim Davron, Saidahmad Vasliy va b. she’r va maqolalari b-n faol hamkorlik qilganlar. «S.F.»da publisistik va adabiy janrlarda yozilgan asarlardan tashqari, Rossiya firmalari, shuningdek, Qo’qondagi tijoratchilarning mollari- ni reklama qiluvchi e’lonlar ham bosil- gan (3 va 4 sahifalarda). Gaz.da madaniy- ma’rifiy mavzu Markaziy o’rin tutgan. «S.F.»yoshlarga dunyoviy bilimlarni o’rgatuvchi zamonaviy (usuli jadid) MAK- tablarni izchil tashviq qilgan, bu masa- la yuzasidan munozaralar uyushtirgan, millatning ijtimoiy ongini yuksal- tirishga xizmat qiluvchi yangi badiiy adabiyot, matbuot yaratish, xalq ommasiga tushunarli adabiy tilni shakllantirish, yoshlardan bilimdon, ma’naviy barkamol mutaxassislar etishtirish kabi milliy taraqqiyotga doir dolzarb muammolar haqida bahs yuritgan. Jami 122 soni chiqib, so’ng to’xtatilgan. Ad.: Abduazizova N. A., Turkiston matbuoti tarixi (1870-1917), T., 2000.