ZARIFOVA GAVHAR HAKIM QIZI

ZARIFOVA GAVHAR HAKIM QIZI (1949.12.1, Toshkent) — O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1980). Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1982). Zarifovalar chavandozlik maktabining murakkab an’analarini o’zlashtirgan. Uning otda chopishi, hatti-harakatlari epkini nihoyatda baland bo’lib, yugurayotgan otning qornidan o’tib, yana egar ustiga chiqadi, so’ng ot bo’yniga osilib aylanadi va yana egar ustida tik turib murakkab mashqlar bajaradi. Harakatlaridagi besuyakka xos mayin egiluvchanlik va tezkorlik fakat uning ijodiga xos.