ZARIYA

ZARIYA, Zaria — Nigeriya shimoldagi shahar. Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Aholisi 350 ming kishidan ziyod (1990 yillar o’rtalari). Paxta yetishtiriladigan rayonning muhim savdo markazi. Paxta tozalash, to’qimachilik, yog’, un tortish, tamaki korxonalari, temir yo’l ustaxonalari, velosiped zavodi bor. Hunarmandchilik rivojlangan, turli buyumlar to’qiladi, teri oshlanadi. universitet bor. Shaharga 1513 yilda Zariya davlati poytaxti sifatida asos solingan.