SUT KISLOTALI BAKTERIYALAR

SUT KISLOTALI BAKTERIYALAR (Lactobacterium) — sut kislotali bijg’ishni paydo qiladigan grammusbat tayoqchalar va kokklar. S.k.b. uglevodlar- ni sut kislotagacha bijgitadi; spora hosil qilmaydi, sut, sut mahsulotlari, o’simliklar, o’simlik qoldiklari, odam va hayvonlar ichagida uchraydi. Gomofer- mentativ S.k.b. kandni parchalab, asosan, sut kislotasi hosil qiladi, ulardan qatiq mahsulotlari tayyorlashda, sanoat mikiyosida sut kislotasi olishda foy- dalaniladi. Geteroferment S.k.b. ugle- vodlarni sut kislota, sirka kislota SO2 ba’zan etanolgacha parchalaydi. Em- xashaklarni siloslash, karamni tuzlash- da ishtirok etadi. SK.b.dan sun’iy qon plazmasi tayyorlash uchun zarur bo’ladigan dekstranlar olishda foydalaniladi.