Sulton Akbariy
Sulton Akbariy (taxallusi; asl ism-sharifi Akbarov Sulton) (1923.3.12 —Toshkent—1997.3.6) — shoir, jur- nalist. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi. Toshkent ped. in- tini tugatgan (1942). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942-45). «Lenin uchquni» (1946-47), «yosh leninchi» (1952-53), «Qizil O’zbekiston» (1953-59) gaz. la- rida ishlagan. Badiiy adabiyot nashriyoti- da bosh muxarrir (1960-63), «Toshkent haqiqati», «Sirdaryo haqiqati» gaz. la- rida mas’ul kotib, muharrir o’rinbosari (1963-64). «Sharq yudduzi» (1964-66), «Guliston» (1968) jurnalilarida bo’lim mudiri, mas’ul kotib, «o’qituvchilar gazetasi»da muharrir o’rinbosari (1968 y. dan). Ijodi 1940 y.dan bosh- langan. Baxshiyona uslubda ijod qilgan. «Imonim, e’tiqodim», «yaralangan qo’shiqlar», «suluv suluv emas, suygan suluv», «Shukrona», «Mehrigiyo» (1956), «Dovon va devon», «ko’ngil ohanglari» (1968) va b. she’riy to’plamlar mual- lifi. S.A. dostonnavis sifatida ham ko’plab asarlar yozgan: «girdob», (1964), «Ustod» (1970), «Qatag’on» (1992). Qirg’iz eposi «Manasning 3-kitobini o’zbek ti- liga tarjima qilgan.