STRUKTURALAR GEOLOGIYASI

STRUKTURALAR GEOLOGIYASI – tektonikanknt bir bo’limi; er po’stida tog’jinslarining joylashishi, paydo bo’lish qonuniyatlarini, ularning deformasiyasi va yotish shakllarini o’rganadi. S.g.da «struktura» termini tog’jinslarining fazodagi o’rni va tek- tonik harakatlar natijasida ularning o’zgarishi sifatida tushuniladi. SG.ning asosiy vazifasi — deformasiyani kel- tirib chiqaruvchi struktura shakllari- ning tashqi ko’rinishi (morfologiyasi) va jinslar siljishidagi kinematika jara- yonini tadqiq etishdan iborat. SG. turli- cha struktura shakllari: qatlamlar, bur- malar, darzliklar, uzilmalar, uzilishli buzilishlar (tashlama, siljima, suril- ma, sharyajlar) va magmatik hosilalarni o’rganadi (q. Tektonik strukturalar). Endogen jarayonlar natijasida vujud- ga kelgan tektonik struktura shaklla- ridan tashqari, ekzogen jarayonlaraa cho’kindilarning qatlanish jarayonida shakllangan sedimetasion strukturalar hamda gravitasion kuchlar (mas, suv osti siljimalari) yuzaga kelishi natijasida hosil bo’lgan gravitasion strukturalar mavjud. SG. foydali qazilmalarni raz- vedka qilysh va ularni qazib olish bi- lan bevosita birgalikda vujudga keldi va rivojlanmoqda. SG. 19-a.da Kanada va AQShda (Ch.R. Van Xayz, Ch.Lizs va B. va R.Uillislar — tektonik uzilish- lar, burmalar, klivajlar), Rossiyada (N.A. Golovkinskiy — Sharqiy Evro- Pa platformasida qatlamlarning g’osil bo’lishi; A.P.Karpinskiy, V.A.Obruchev — Oltoy, Sayan, Ural tog’larida ruda- li konlarning tuzilishi); G’arbiy Ev- ropada (A.Geym, M.Bertran, E.Argan — Alp tog’larining surilma va burma- lari) vujudga keldi. 20-a. o’rtalarida SG.ning rivojlanishiga rus geologlari N.S Shatskiy, A.L.Yanshin — platfor- malar, I.M.Gubkin — neftli struktu- ralar; A.V.Peyve, V.E.Xain — chukur er yoriklari, burmalar va uzilish paydo bo’lishidagi gorizontal harakatlar, O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda Sg. ri- vojlanishiga foydali qazilma konla- rini bashoratlash va izlash ishlarida keng qo’llanilishiga A.V. hamda V. A. Korolevlar hissa qo’shgan. S.g. geologi- yaning geologik s’yomka, geomorfologiya, stratigrafiya va litologiya, petrogra- fiya, gidrogeologiya va muhandislik Geo- logiyasi foydali kazilmalar geologiyasi va konchilik ishlari kabi sohalari bi- lan uzviy bog’liq. S.g. geotektonikaning nazariy masalalarini ishlab chiqishda muhimdir. Tarixiy analiz metodi yor- damida strukturalarning shakllanish qonuniyatlarini aniklashda ham S.g.dan foydalaniladi. Struktura shakllari genezisini bilishda tog’jinslarining deformasiyasini o’rganishning fizik me- todlari keng qo’llaniladi. Shunga ko’ra tog’jinslarining petrografik struk – tura va teksturalari tog’jinslarining tektonik deformasiyalari (tog’jinsla- ri tuzilishi)ni aks ettiradi. Mikro- strukturalarni o’rganishni S.g.ning maxsus bo’limi — petrotektonika tash- kil qiladi. 20-a. o’rtalaridan S. g. ma’- lumotlariga suyangan global tektonika va geodinamika fanlari keng rivojlangan.