Stenografiya
Stenografiya (Yun. stenos — tor, siqiq, qisqa va … grafin) — qisqartirilgan tezkor yozish usuli va shunday yozuv; alohida qisqa belgilar- ning mavjudligi, so’z unsur (qism)la- rini qisqartirish yoki yozmay tashlab ke- tish, so’zlar va so’z birikmalarini qo’shib yozish S.ning asosiy belgilaridir. S. og’zaki nutqni sinxron (nutq jarayonida) yozib olish hamda yozuv texnikasini tako- millashtirishga imkon beradi. Steno- grafik yozuv tezlik bo’yicha oddiy yozuvdan 4-7 marta ustunrokdir. S. juda qad. za- monlardan ma’lum bo’lgan (Yunoniston- da mil. AV. 350 y.ga mansub S. belgilari yozilgan marmar taxtacha topil gan). Kdd. Rimda mil. AV. 1-a. da Tsitseronning quli Tiron rimcha S. tizimini kashf etgan va Tiron, notalari deb ataladigan bu tizim 11-a. gacha qo’llanib kelgan. «S.»termini 1602 y.da Angliyada ste- nograf J. Uillis tomonidan qo’llangan. S. belgilari dunyo tillari uchun umu- miydir. Faqat har bir tilning o’ziga xos xususiyati va undagi har bir fone- maning oz yoki ko’p uchrashiga qarab belgi tanlanadi. Hoz. S.da geometral va qiya yozuv (kursiv) tizimlari farqlanadi. Ularning har ikkalasi ham Angliyada: geometral S. J. Uillis (1602) tomoni- dan, qiya yozuv S.si esa S. Bordli (1789) tomonidan yaratilgan. Geometral S. bel- gilari har xil geometrik shakllarning bo’laklaridan iborat bo’lib, amalda yozish uchun noqulay deb topilgan. Qiya yozuv S.sidagi belgilar oddiy yozuv belgilari- ning ayrim unsurlaridan iborat bo’lib, asosiy xat chizik, ustida yoziladi va xat tekisligi yaxshi sakdanadi. Shu sabab- dan qiya yozuv tizimi geometral tizimdan afzalroq hisoblanadi. Qisqartirish usuliga ko’ra, S. tizimlarining 2 turi: morfologik yoki imloviy (oddiy yozuv imlosiga amal qilgan holda so’zlarni boshlanma xarfigacha qisqartiriladi) va fonetik (qisqartirish maqsadida yaxshi eshitilmaydigan tovushlar yozuvda tushi- rib qoldiriladi) turlari farkdanadi. Geometral tizimlar qisqa so’zlar nisba- tan ko’proq bo’lgan gillar (mas, ingliz, frantsuz, ispan tillari) uchun, qiya yozuv tizimlari esa uzunroq so’zlar ko’proq bo’lgan tillar (mas, slavyan, skandinav va nemis tillari) uchun qo’llanadi. Rus tili uchun stenografik tizim 1860 y.da birinchi marta amalda qo’llangan. Rossiyada oktyabr to’ntarishigacha ham, undan keyin xam bir kdncha stenografik tizimlar ishlab chiqilgan. 1933 y.da SSSR da Davlat yagona S. tizimi (kiya yozuv S.si asosida) joriy etilgan. Bu tizim o’zbek tilida birinchi marta 1937 y.da qo’llangan (1925-33 y.larda o’zbek tilida rus tilidagi S. tizimidan foy- dalanilgan). O’zbekistonda ko’p yillar- dan beri S.ni o’qitisho’rgatish bo’yicha kurelar hamda stenografik xizmat ido- ralari faoliyat ko’rsatib kelmoqsa. S. rivojiga M. Maqsudov, M. Murodov, M. Rahimova, A. Shoraxmedov va b. katta xissa qo’shganlar. Keyingi davrda audio- videotexnikaning rivoji va undan keng foydalanish S.ga va stenografistlarga bo’lgan ehtiyojni bir qadar kamaytirdi. Ad.: Murodov M ., Stenografiya dars- ligi, T., 1952; Yurkovskiy A. M., Steno- grafiya skvoz veka, M., 1969. Abduvahob Madvaliev.