Statika
Statika (Yun. ststike — jismlar- ning ogirligi va muvozanati haqidagi ta’limot) — mexanika bo’limi; jism- larning ularga qo’yilgan kuchlar ta’- sirida muvozanatda bo’lish sharti o’rganiladi. Qattiq jismlar S.si, Su- yukliklar S.si (gidrostatika) va gazlar S.si (aerostatika) ga bo’linadi. Qattiq jismlar S.si esa analitik va geome- trik S.ga bo’linadi. Analitik S. asosi- da mumkin bo’lgan ko’chishlar printsipi yotadi; bu printsip yordamida ixtiyoriy mexanik tizimning muvozanat shartlari aniklanadi. Geo metrik S. mexanikaning asosiy qonunlaridan kelib chiquvchi, tajriba va kuzatishlar natijasida ani-klangan quyidagi aksiomalarga asosla- nadi: 1) inersiya aksiomasi — JIEMga qo’yilgan kuchlar tizimi o’zaro muvoza- natlashsa, jism tinch holatda bo’ladi yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat qiladi. 2) muvozanat aksiomasi — erkin jiemning istalgan 2 nuqtasiga miqdorlari teng, yo’nalishi esa shu nuqtalardan o’tuvchi to’g’ri chiziq bo’yicha qaramaqarshi to- monga yo’nalgan 2 ta kuch ta’sir etsa, buqday kuchlar o’zaro muvozanatlashadi; 3) parallelogramm aksiomasi — Ji- emning biror nuqtasiga qo’yilgan tur- li yo’nalishdagi 2 kuchning teng ta’sir etuvchisi mikdor jihatdan shu kuchlar- ga qurilgan parallelogrammning ular qo’yilgan nuqtadan o’tuvchi diagonaliga teng va shu diagonal bo’yicha yo’naladi; 4)ta’sir va aks ta’sir aksiomasi — 2 jiemning birbiriga har qanday ta’si- ri o’zaro ta’sirga ega bo’lib, bu ta’sir- lar har doim kattaligi jihatdan teng va yo’nalishi jihatdan qaramaqarshidir. Bu qonunni birinchi bo’lib I. Nyuton ta’riflagan. Geometrik S. uslublari- dan foydalanib qattiq jismlarning muvozanat holatlari o’rganiladi. Bun- da, asosan, quyidagi 2 turdagi masala- ni echish ko’riladi: 1) jismga qo’yilgan kuchlar tizimini oddiy ko’rinishga kel- tirish; 2) jism muvozanatda bo’lishi uchun unga qo’yiladigan kuchlar tizimi qanday shartlarni qanoatlantirishini aniqlash. S.ning asosiy tushunchalari- ga moddiy nuqta, mutlaq qattiq jism, sanoq tizimi, erkin jism, kuch, biror nuqtaga yoki UKda nisbatan kuch momenti, juft kuchlar kiradi. Kuchlarni va ular- ning momentlarini qo’shish vektorlarni qo’shish qoidasi bo’yicha amalga oshirila- Di. Berilgan jismga ta’sir etuvchi barcha kuchlar G’ning geometrik yig’indisiga teng bo’lgan R kattalikka bu kuchlar ti- zimining bosh vektori, shu kuchlarning Omarkazga nisbatan momentlari t0 (G’K) ning geometrik yig’indisiga teng bo’lgan My kattalikka esa markazga nisbatan kuchlar tizimining bosh momenti deyi- ladi: R q’g’^MQ1.ta(G’K). Demak, mutlaq qattiq jismga qo’yilgan kuchlar tizimi bitta bosh vektor va bitta bosh moment- ga keltirilar ekan. Har qanday kuchlar tizimining muvozanatda bo’lishi uchun bu kuchlar tizimining bosh vektori va ixtiyoriy keltirish markaziga nisbatan bosh momenti nolga teng bo’lishi zarur va etarlidir. S. masalalarini grafik uslublardan foydalanib echish kuchlar ko’pburchagini va arqonli ko’pburchakni yasashga asoslangan. Ad.: O’rozboev M.T., Nazariy me- xanikaningasosiy kursi, T., 1966; Shohaydarova P. va b., Nazariy mexanika, T., 1991; 3 o i rov J., Nazariy mexanika, T., 1998.