Sokrat

Sokrat (Sokrates), Suqrot (mil. AV. 470/469 —Afina — 399) — yunon fay- lasufi. Haykaltarosh Sofriniks va doya Fenaretta oilasida tug’ilib o’sgan. O’z ta’limotini og’zaki bayon qilgan, hech qanday yozma manba qoldirmagan. So- fistlarta qarshi kurashish va yoshlarni tarbiyalashni o’z oldiga maksad qilib qo’ygan. Atrofiga ko’plab iqtidorli ta- labalarni jamlagan. Bu talabalarning bir qismi (Alkiviad, Kritiy va b.) Afina demokratiyasiga qarshi kayfiyat- da bo’lgan. S.ni demokratiyaga nisbatan dushmanlikda asossiz ayblashgan. As- lida u boshqaruvning xamma shakli — monarxiya, mustabidlik, aristokratiya, plutokratiya va demokratiyani, agar ular adolatni buzayotgan bo’lsa, tanqid qilgan. S. ta’limotidagi tanqidiy ruh Afina hukmron doiralarini xavotirga solgan. Buning natijasida S. yoshlarni yo’ldan adashtirganlik, fuqarolik me’yorlarini buzganlik hamda «yangi xudolarga sajda qilish»da ayblanib, sudga berilgan va o’lim jazosiga hukm qilingan. Bu hukm turmada S.ga zahar ichirish yo’li b-n ijro etilgan. S.ning falsafiy ta’limoti to’g’risidagi ma’lumotlarni unga za- mondosh va shogird bo’lgan Ksenofont, Platon, keyinroq Aristotel yozib qoldirgan. S. faqirona kun kechirib, doimo eski liboslarda, oyoq yalang yurar- Di. Uning turmush tarzi ham, so’zlari va suhbatlari ham odamlarda katta qiziqish uyg’otardi. Faylasuf ko’p vaqtini odam gavjum maydonlarda, xiyo- bonlarda o’tkazgan. O’zining suhbatidan bahramand bo’lish niyatida yurgan is- talgan kishi b-n savoljavob qilgan. Ushbu muloqotlarning uslubi va xarak- teri Platonning suhbat tarzida yozilgan asarlarida o’z ifodasini topgan. S. o’z falsafiy tadqiqotlariga axloqiy ma- salalarni asos qilib olgan. U olamning kelib chiqishi va tuzilishini o’rganish zaruratini rad etib, bu masalalarni echishga inson tafakkuri qodir emas deb hisoblagan. S. ta’limoti ga ko’ra, falsa- faning maqsadi o’z-o’zini bilish bo’lib, bu esa chin ezgulikka erishish yo’lidir; ezgulik — bilim yoki donolikdir. S. in- sonda 1dan, o’rta miyonalik, mo»tadillik (ya’ni. ehtiroslarni jilovlay bilish) ni, 2-dan, dovyuraklik (ya’ni, xavfxatar- ni enga bilish)ni, 3dan, adolat (ya’ni, ilohiy va insoniy qonunqoidalarga rioya eta bilish)ni eng asosiy ezgulik va yaxshilik belgisi deb hisoblagan. Zamon- doshlari va shogirdlarining guvoxlik berishicha, S. o’zining chuqur dialektik fikrlashi, ya’ni predmetga oid nomu- kammal tushunchalardagi ziddiyatlarni ochish orqali o’sha predmetni bilish sari etaklay olish san’ati, induktiv ta’li- motdan foydalanish mahorati b-n katta taassurot uyg’otgan. S. ta’lim-tarbiya amaliyotidagi har qanday aqidaparastlikni qattiq qoraladi. Ta’limning ma’ruza o’qish shaklidan voz kechib, suhbat va munoza- ralar orqali haqiqatni izlab topish- ni asosiy uslubga aylantirdi. U barcha mavjud nuqtai nazarlarning hech biriga qo’shilmay turib, ularni tanqidiy asos- da muhokama qilishga intilgan. Ped.da majburlashdan, zo’ravonlikdan voz ke- chish tarafdori bo’lgan. Uningcha, bilim berishning yagona vositasi — ishonti- rishdir. S. nomi keyingi davrlar uchun Donish- mand timsoli bo’lib qolgan. Saida Jo’raeva.