ZARURIY MUDOFAA

ZARURIY MUDOFAA – jinoyat huquqida hujumdan qonuniy tarzda himoyalanish. Odatda, qonunda Zaruriy mudofaa holatida qilingan va tajovuzchiga shikast va zarar yetkazgan harakat, agar u Zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmagan, ya’ni himoya havf -hatar xarakteriga mos bo’lsa, jinoyat deb topilmaydi, ijtimoiy xavfli va huquqqa xilof qilmish sanalmaydi, jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 va 27-moddalarida, O’zbekiston Jinoyat Kodeksining 37-moddasida har bir fuqaroning o’zini va boshqa shaxslarni, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlarini faol himoya qilish huquqi ifodalangan. Zartepa shahar xarobasi.