Stsifomeduzalar

Stsifomeduzalar (Scyphozoa) bo’shliqichlilar tipiga mansub hayvonlar sinfi. Tanasi birmuncha tiniq shishasimon dildiroq moddadan iborat. Shakli soyabonga o’xshash, erkin, yakka yashaydi. Og’iz teshigi soyaboni- ning ostki tomoni markazida joylash- gan. Oshqozoni chala to’siqlar yordamida to’rtta kameraga bo’lingan. Og’iz teshigi atrofida va soyaboni chetida juda kup paypaslagichlari bor. Meduza qavariq to- moni bilan oldinga suzadi. S. yirtqich, Qar xil plankton organizmlar bilan oziqlanadi. Ko’pchilik turlari ayrim jinsli. Hayot tsiklida jinsiy Meduza va jinssiz polip davri gallanib tura- Di. Jinsiy bezlar oshqozon kameralari devorida joylashgan. Etilgan tuxumlar va spermatozoidlar ogiz teshigi orqali suvga chiqadi. Tuxum hujayralari suvda urustanadi. Uruglangan tuxumdan er- kin suzuvchi kiprikli planula lichinka chiqadi. Lichinka substratga yopishib, mayda polip stsifistomni hosil qiladi. Stsifistom ko’ndalang kurtaklanib efi- ralarga, efiralar esa yosh meduzalarga aylanadi. S. ning hayoti, asosan, Meduza davrida o’tadi. Polip davri juda kiska. S. meduzasi yirik (soyabonining Diame- tri 1 sm dan 2 m gacha), poliplari mayda (balandligi 1-3 mm). 200 ga yaqin turi 5 ta turkum (koronatalar, diskomeduza- lar, kubomeduzalar, stavromeduzalar, ildizog’iz meduzalar)ga bo’linadi. Deyar- li barcha dengizlarda Aureliya meduzasi, ya’ni dengiz likopchasi uchraydi. Ayrim S. (mas, iddizog’iz Meduza, xrizopsalmus, qutb meduzasi) paypaslagichlarida joy- lashgan otuvchi hujayralari suyuqligi zaharli bo’lib, «kuydirish» xususiyatiga ega. Avstraliya qirg’oqlari yaqinida uch- raydigan xrizopsalmus meduzasi odam uchun ayniqsa xavfli.