STSINTILLYASIYA

STSINTILLYASIYA (lot. Scintillation miltillash) — ionlovchi nurlanish- lar (mas, tez elektronlar) ta’sirida stsintillyatorlarda hosil bo’ladigan qisqa muddatli (10~4 — 10~9S) yorug’lik chaqnashi (lyuminessentsiya chaqnashi). S.ni dastlab ingliz olimi u. Krus ZnS Ekranni azarralar bilan nurlantirihda kuzatgan (1903). Stsintillyatorning atom va molekulalari zaryadlangan zarralar energiyasi hisobiga uyg’ongan holatga o’tadi; atom va molekulalar uyg’ongan holatdan asosiy holatga o’tishida yorug’lik chaqnashi — S. kuzatiladi. S.ning nur- lanish spektri va yorug’sizlanish da- vomiyligi lyuminessenlovchi modda (stsintillyator) tabiatiga, ravshanligi esa ionlovchi nurlanishning tabiatiga, zarralarning xiliga va bu zarralarning stsintillyatorning atom va molekulala- riga uzatayotgan energiyasiga bog’liq (mas, azarra va protonlarning S.si Rzarra- ning S.siga qaraganda ravshanroq). Har bir S. bitta zarra ta’sirining nati- jasidir; bu hodisadan stsintillyasion hisoblagichlarda elementar zarralarni qayd qilishda foydalaniladi. S. dast- lab 1932 y.da litiyni tezlatilgan Pro- tonlar bilan bombardimon qilinganda uning yadrolarini parchalanishida kuza- tilgan.