SO’ZNING LEKSIK MA’NOSI

SO’ZNING LEKSIK MA’NOSI – so’zning material qismi — leksema bildiradigan ma’no: muayyan tovushlar majmuini ma’lum ob’ektiv voqelikka bog’lash bilan kishi ongida yuzaga kela- digan mazmunmundarija; lug’aviy ma’no. Mas, «bolalarni o’ynatdik» gapidagi bi- rinchi so’z hali yosh, voyaga etmagan odamni, go’dakni, ikkinchi so’z esa harakatni (bola bilan bog’langan harakatni) biddira- Di. Demak, «bola» va «o’yna» so’zlaridan ifodalanadigan mazkur konkret ma’no- lar shu so’zlarning leksik ma’nolaridir. Sl.m. muayyan so’zning aniq mazmunini (narsa, belgi, harakat tushunchalarini ifodalash, emosiyalarni bildirish) tash- kil etadi. Sl.m. o’zaknegizning o’zi bi- lan ifodalanadi; yasovchi affikslar ham so’zdagi material qismning ichiga kiradi. Shu jumladan leksik ma’no suz yasalishi va leksikologiya bilan bog’liqdir. Sl.m. shu so’zning o’zigagina tegishli xususiy ma’no bo’lishi bilan bir qancha o’xshash so’zlar uchun umumiy hisoblanadigan, umumiylik xarakteriga ega bo’lgan gram- matik ma’no dan farq qiladi.