Sendberg (Sandburg) Karl
Sendberg (Sandburg) Karl (1878. 6.1, Geylsberg, Illinoys shtati — 1967.22.7, FletRok, Shim. Karolina shta- ti) — amerikalik shoir, folklorchi. Dastlabki to’plami — «Chikago haqida she’rlar» (1916). «G’alla yanchuvchilar» (1918), «tutun va po’lat» (1920) va b. to’plamlarida jiddiy ijtimoiy mu- ammolar ko’tarilgan. S. she’riyati uchun urbanizmga xos obrazlilik, tilining «gazetabopligi», folklor qo’shiqdariga yaqin bo’lgan erkin she’r yaratish maxrra- ti xarakterlidir («Amerikacha qo’shiqlar to’plami», 1927). U. Uitmen an’analari- da yozilgan «xalqmi ha!»dostoni yozuv- chining 20-a. 30y.laridagi keskin ruhiy holatini ifodalaydi. Keyinchalik uning ijodida falsafiy lirika ustun- lik qila boshlaydi («Asal va tuz», 1963). «Xotiralar qoyasi» (1948) tarixiy Roma- ni hamda «Avraam Linkoln» tarjimai holi (1—6J.lar, 1926-39) mashhur.