Said Ahroriy
Said Ahroriy, Muhammad Said Abdurashidxo’ja o’g’li Ahroriy (1895, Makka — 1931.25.4, Moskva) — jamo- at arbobi, jurnalist. Asli xo’jandlik bo’lib, Turkiston ruslar tomonidan zabt etilgach, ota-onasi Makkaga, undan Turkiyaning Istanbul sh.ga ko’chib bor- gan. S.A. 1911-12 y.larda «Turon ta’- Mimi atfol» jamiyatida mas’ul kotib. Ismoil Gasprinskiy va Mahmudxo’ja Behbudiy b-n uchrashdi (1912). 1-jahon urushida ishtirok etdi. 1917 y. Fev- ral inqilobidan keyin Toshkentga ke- lib, maktablarda dars bera boshladi. «Turk so’zi» gaz. muharriri (1917). S.A., Muhammad Sayd, tayfun, Qoyaalp ta- xalluslari b-n gaz. va jur.larda she’r, maqolalar yozdi. Buxoro davlat nashri- yoti rahbari, «ozod Buxoro» gaz. ma’sul muharriri, BXSRning Ozarbayjondagi siyosiy vakili (1920-21). Uning «Buxoro jo’g’rofiyasi» (Yoqubov b-n hamkorlikda, 1923), «xotin-qizlarga tortiq» (1924), «O’zbek atamalari lug’ati» (1926) Kito- blari chop etilgan, dramasi (1929) o’zbek drama teatrida qo’yilgan. 1930 y. «Mil- liy Ittihod» tashkilotiga a’zolikda ay- blanib hibsga olingan. 1989 y. oqlangan. Istiqlol munosabati b-n S.A.ning tan- langan asarlari nashr etildi (2001). Ad:. Ahrorova H., Izlarini izlay- man, T., 1998.