Saylov okrugi
Saylov okrugi — davlat boshlig’i yoki hokimiyatning vakillik organlariga saylov o’tkazish uchun tuzi- ladigan aholi hududiy tashkilotining asosiy bo’g’ini. So. unda qancha deputat saylanishiga qarab, bir mandatli va ko’p mandatli bo’lishi mumkin. Har bir okrugdan qonunda belgilangan miqdorda (vakillik normasi) deputatlar say- lanadi. Dunyo davlatlari tajribasiga ko’ra, saylovni demokratik tamoyillar- ga muvofiq o’tkazilishini ta’minlash maqsadida turli xil milliy-ma’muriy bulinishga mos ravishda saylov okrugla- ri tuziladi. Ya’ni davlatning ma’muriy- hududiy bo’linish bo’yicha istiqomat qilayotgan aholining o’z vakillarini davlat hokimiyati organlariga saylash shartlari saylov okruglarida belgila- nadi. O’zbekiston Respublikasining bu- tun hududida O’zR Prezidenti saylovi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis- ning Qonunchilik palatasiga saylov va referendum to’grisidagi qonunlar aso- sida Markaziy saylov komissiyasi tomo – nidan saylov tayinlangandan keyin say- lov okruglari ro’yxati ularning chegara- lari va saylovchilar sonini ko’rsatilgan holda e’lon qilinadi. Saylov okruglari har bir saylov vaqtida O’zbekiston Re- spublikasining butun hududida saylov- chilar soni teng miqdorda qilib belgi- lanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov o’tkazish uchun 120 ta hududiy so. tuziladi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent sh. Kengashlariga deputatlar saylashda 60 tadan ko’p bulmagan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashla- riga deputat saylashda — 30 tadan kup bo’lmagan hududiy so. tuziladi. Har bir S. o.dan Oliy Majlisga, tegish- li xalq deputatlari Kengashiga bitta deputat saylanadi. Saylov okruglari- ning chegaralari viloyatlar, tumanlar va shaharlarning ma’muriy-hududiy tuzi- lishini inobatga olgan holda belgila- nadi. Abdujabbor To’laganov, Abduaziz Cho’liev.