Saylov uchastkasi

Saylov uchastkasi (O’zR da) saylovda ovoz berish va ovozlar- ni hisoblash uchun tashkil etiladigan hududiy birlik va bino. «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida» (yangi tahriri, 2003 y. 29 avg.), «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida» (1991 y. 18 noyab.), «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida» (1994 y. 5 may), «O’zbekiston Respubli- kasining referendumi to’g’risida» (yangi tahriri, 2001 y. 30 avg.), «O’zbekiston Respublikasida deputatni chakirib olish tartibi to’g’risida» (1996 y. 26 apr.)gi qonunlarda saylov uchastkalari tuzish tartibi alohida moddada belgi- lab berilgan. Su. tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegarala- rini inobatga olgan holda, saylovchi- larga mumkin qadar ko’proq qulaylik yaratish maqsadida tashkil qilinadi. Su. harbiy qismlarda, O’zbekiston Re- spublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, shuningdek, olis va borish qiyin bo’lgan erlarda ham tuziladi. Su., qoida tarikasida, kamida 20 nafar va kupi b-n 3 ming nafar say- lovchidan iborat etib, okrug saylov ko- missiyasi tomonidan saylovga kamida 60 kun qolganda, aloxdda hollarda esa, is- tisno tariqasida saylovga kamida 5 kun qolganda tuziladi. Abdujabbor To’laganov, Abduaziz Cho’liev.