SALIB YURISHLARI

SALIB YURISHLARI – 1096- 1270 y.larda G’arbiy Evropa zodagonla- ri va katolik cherkovi tomonidan yaqin Sharqqa (Suriya, Falastin, Shim. Af- Rika) qilingan bosqinchilik urushlari. S.yu.ning bosqinchilik mohiyati diniy shiorlar [g’ayridin (musulmonlar)lar- ga qarshi kurash va «Xudo qabri» hamda «muqaddas er» (Falastin)ni ozod qilish] b-n niqoblangan. Salibchilar, odatda, kiyimlariga salib (xoch) belgisini tikib olishgan (yurishlarning nomi shundan). 11-a.ning so’nggi choragida saljuqishshr tomonidan Vizantiyaning kichik Osiyodagi erlarini hamda diniy an’ana bo’yicha «muqaddas shahar» bo’lgan Quddusni egallab olish- lari salibchilarning O’rta dengizning sharqidagi erlarga bostirib kirishiga sabab bo’lgan. Vizantiya saljuqiylarga qarshi kurashish uchun G’arbdagi dav- latlardan bir necha bor harbiy yordam so’ragan. S.yu. ning bevosita tashkilotchi- si bo’lgan Rim payasi bundan foydalan- gan. Papalar katolik cherkovining ta’si- rini kuchaytirish va kengaytirish, pra- voslav cherkovini Rimga bo’ysundirish maqsadida diniy fanatizmni avj oldir- ganlar. Salibchilarning ko’pchiligini qashshoqlashib qolgan risarlar, yirik sen’orlar hamda dehqonlar tashkil qilgan. 1S.yu. (1096-99) 1095 y. Kler- monda Papa Urban II tomonidan e’lon qilingan. 1099 y. iyulda salibchilar saljuqiylardan Quddus (Ierusa- lim) sh.ni tortib olishgan va Quddus qirolligini tashkil etishgan; 2S.yu. (114749) ga 1144 y. saljuqiylarning Edessa sh.ni bosib olishlari bahona bo’lgan. Bu yurish mag’lubiyatga uchragan; ZS.yu. (1189-92)ning boshlanishiga 1187 y. Misr sultoni Salohiddin tomo- nidan Quddusning egallab olinishi sa- bab bo’lgan. Bu yurish ham barbod bo’lgan; 4S.yu. (1202-04) ni 1199 y. Papa in- nokentiy III uyushtirgan. Uning natija- sida frantsuz, nemis va italyan salib- chilari dastlab Misrga mo’ljallangan yurishning yo’nalishini o’zgartirib, xri- stianlar yashaydigan shaharlar — Zadar [Dalmasiya, 1202 y. noyab., Konstantino- Pol (Vizantiya poytaxti, 1204 y., apr.)] ni bosib olib, Lotin imperiyasini tu- zishgan. 5(121721), 6(1228-29), 7(1248— 54), 8(1270) S.yu. samarasiz bo’lgan. 1291 y.da Akra sh.ning musulmon- lar qo’liga o’tishi natijasida salib- chilar Sharqdagi mulklarini butunlay yo’qotganlar. Nemis zodagonlarining 12-13- a.larda slavyanlar va b. Boltiqbo’yi xalqlariga qarshi yurishlari hamda 1209-29 y.larda papalik tashabbusi b-n Shim. Frantsiya risarlarini Jan. Fran- tsiyadagi diniy harakat qatnashchilari — albigoychilarga qarshi Albigoy urush- larini ham ko’pincha S.yu. deb atashadi.