Saidjonov O’lmas

Saidjonov O’lmas (1951.10.1, Kitob tumani) — O’zbekiston xalq hofizi (1993). Qarshi davlat ped. in- tini (1974), Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash muhandislari in-tini tugatgan (1981). 1994 y.dan Muhiddin Qoriyoqubov nomi- dagi O’zbek davlat filarmoniyasi (1996 y.dan akademik va xalq badiiy jamoa- lar direktsiyasi)ning direktori, ayni paytda, 1996-2001 y.lar «O’zbeknavo» birlashmasi direktori o’rinbosari. Kuchli, yorqin va jozibali ovoz sohibi. Repertuaridan o’zbek mumtoz ashulalari («Feruz», «Guluzorim», «Mustahzod», «Girya» va b.) va zamonaviy bastakorlar asarlari («Onajonim», «Furqat nido- si», «Temur bobom», «bog’i Jahonnoma», «Beminnat», «Nigorim», «Surating» kabi) o’rin olgan. 2-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. «Sharqtaronalari» xalqaro musiqa Fe- stivali YUNESKOning maxsus mukofo- ti sovrindori. S. ijodiga bag’ishlangan telefilm («O’zbekiston xalq hofizi Ulmas Saidjonov kuylaydi») ishlangan (1996, O’zbekiston televideniesi). «El- yurt hurmati» ordeni b-n mukofotlangan (1998).