Sayyoralarning yo’ldoshlari

Sayyoralarning yo’ldoshlari — sayyoralarning tor- tish kuchi ta’sirida ularning atrofi- da aylanuvchi kosmik jismlar. Erning 1 ta (oy), Marsning 2 ta, Yupiterning 16 ta, Saturnning 17 ta, Urannit 15 ta, Neptunning 2 ta va Plutonning 1 ta yo’ldoshi bor. Merkuriy, Veneraning yo’ldoshlari topilmagan. S.y. kashf eti- lish vaqtiga qarab ular Rim rakamlari b-n belgilangan. Yupiterning eng yirik va yorug’yo’ldoshlari Io, Evropa, gani- med, Kallistolar 1610 y. Galiley tomo- nidan kashf etilgan. S.y., asosan, ellipsga yaqin orbi- talar bo’ylab to’g’ri yo’nalishda, ya’ni sayyoraning Quyosh atrofida aylanish yo’nalishida (ekliptikaning Shimoliy qutbidan qaraganda soat strelkasiga qaramaqarshi) harakatlanadi. Uranning yo’ldoshlari, Yupiterning VIII, IX, XI, XII yo’ldoshlari, Saturnning IX, Neptun- ning I yo’ldoshi teskari harakatlanadi. S.y. sayyoraning orbital harakatiga kuchsiz bo’lsada ta’sir ko’rsatadi, na- tijada uning traektoriyasida juda kam mikdorda chetlanishlar kuzatiladi. Bu chetlanishlarning qiymati S. y. massa- sini hisoblashga imkon beradi. S.y.ning eng kattalari Saturnning Titan, Yupi- terning Ganimed, Kallisto yo’ldoshlari bo’lib, ularning har biri massasiga ko’ra, oydan katta, diametri bo’yicha esa undan salkam 1,5 marta katta. Ulkan S.y. diametrlarining erdan ko’rinish burcha- giga qarab, kichiklarining diametrla- ri esa, o’z sayyoralari b-n to’silganda, To’silish vaqtiga ko’ra hisoblanadi. S. y.dan faqat Titan va Tritonda (ne- ptunning yo’ldoshi) atmosfera borligi aniklangan. Titanning atmosferasi, asosan, metan, ammiak va qisman azotdan tashkil topgan. Katta yo’ldoshlar shar shaklida, Fobos va Deymos (Marsning yo’ldoshlari) kabi kichikroq yo’ldoshlar esa biror geometrik shaklga ega emasli- gi va ular ulkan tosh qoya shaklidaligi aniqlangan. S.y.ning tuzilishi va harakatini o’rganish kosmogoniyada katta ahamiyatga ega. Ad.: Ksanfomaliti L. V., Sputniki vneshnix Planet, M., 1987.