Sayli

Sayli — kechpishar qovun navi. O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik institutida yaratilgan (I. Asherov, S. Qo’chqorov, Sh. Muhitdinov). Shakli uzunchoq, tuxumsimon. Og’irligi 4-5 kilogramm, sirti burmali, tusi yashil, po’sti qattiq, yuzasida to’q yashil dog’lari bor. Etining qalinligi 4-4,5 santimetr, och yashil, muloyim, sersuv, shirali. Urug’xonasi o’rtacha kattalikda. Tarkibida 5,6% qand bor, quruq modda miqdori 7,8%. Urug’I unib chiqqandan keyin 100-120 kunda pishadi. Bir tupi 1-2 ta meva beradi. Hosildorligi 240— 330 ts/ga. 1982 yildan Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida rayonlashtirilgan.