Sayfuddin, Hoji Sayfuddin

Sayfuddin, Hoji Sayfuddin (? — 1401, Nishopur) — Amir Temurning yaqin safdoshi va atokli sarqardalaridan biri. Nukuz urug’i va- Kili. Sohibqironnyng taxt tepasiga kelishida, mo’g’ullarni Movarounnahr sarhadlaridan quvib chiqarishda S. Joku, Abbos Bahodir, Sulaymonshoh, Dovud kabi beklar qatori jonbozlik ko’rsatgan. 1365 y.da yuz bergan Jangiloytsya S Amir Temur qo’mondonlik qilgan juvang’ar — so’l qanotning qo’lmarkazidan o’rin ol- gan. 1365 y. Sohibkironning 243 nafar safdoshi, 12 ming kishilik lashkari b-n Naxshabda turgan Amir Husaynga qarshi yurish qiladi. Ushbu yurishda boshqa xos beklar qatori S ham jasorat ko’rsatgan. S.ga amiri lashkar va tavochi mansa- bi beriladi. 1371 y. S. Sohibqiron tomonidan Samarqand dorussaltana dorug’asi etib tayinlangan (1371 — 75). 1377 y.ning qishida haj amalini bajo keltirgan. Ilmi harb, ilmi nujum, ilmi shariatdan mukammal xabardor bo’lgan S.ni Sohibqiron diplomatic muzokaralar olib borishga jalb etgan. 1383-87 y.larda S. Eron, Ozarbayjon, Iroqqa qilingan harbiy harakatlarda Mironshoh qo’shini safida qatnashgan. 1388 y.ning noyab.da Amir Temur S.ni o’ g’ruq(oboz)k& qo’mondon qilib tayinlab uni Samarqandga uzatgan. 1391 y.dagi Qunduzcha jangida S Mironshoh boshchi- ligidagi o’ng qo’l qism qunbuliga Sardor- lik qilgan. Jangdan so’ng Sohibqiron o’g’ruqni poytaxtga etkazishni yana S.ga yuklagan. 1393 y. S. Gurjiston yurishi- da ishtirok etgan. S.ning sarkardalik iste’dodi, matonati, tadbirkorligi 1395 y. Terek dape’cu bo’yidagi Jan- gaa yaqqol namoyon bo’lgan. Boyazid Yil- dirimga qarshi yurish davrida, Amir Temur qo’shiniga qo’shilish maqsadida Samarqanddan Muhammad Sulton Mirzo b-n safarga chiqqan S. Nishopurga etgach, betob bo’lib vafot etadi. Ad.: Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, Movarounnahr voqealari, 1360-1370, T., 1994. Hamidulla Dadaboev.