ZARG’ALDOQ
ZARG’ALDOQ (Oriolus oriolus) — chumchuqsimonlar turkumiga mansub qush. Chug’urchiqdan sal kattaroq. Tanasi 25 santimetrcha, vazni 70-85 gramm. Nari och sariq, kaqotlari va dumi qora, modasi va jo’jalari yashilkulrang. Zarg’aldoq Shimoli-g’arbiy Afrika, Yevropa va Osiyoda tarqalgan.
ZARG’ALDOQ – O’zbekistonga bahorda kelib, kuzda qishlash uchun Hindistonga ketadi. Zarg’aldoq, odatda, tog’ o’rmonlarida, ba’zan to’qay va vohalarda hayot kechiradi. Daraxt shoxlariga uya soladi. May oxirida 3— 4 ta tuxum qo’yadi. Tuxumdan 14-15 kundan keyin jish jo’ja chiqadi. 18-19 kundan so’ng jo’jalar uchirma bo’ladi. Zarg’aldoq qurt va qo’ng’izlar bilan oziqlanadi. Bog’ va o’rmon zararkunandalarini qirib, foyda keltiradi.