Sayfi saroyi
Sayfi saroyi (1321, Xorazm viloyati Sariqamish qishlog’i — 1398, Iskandariya) — shoir, tarjimon. Marka- ziy Osiyoda mo’g’ullar istilosi davrida yashagan, o’z vatanini tark etishga majbur bo’lgan, umri darbadarlikda kechgan. Key- inchalik Oltin O’rda (saroy sh.), Misr va Turkiyada yashagan. Fors, Arab tili, ada- biyoti, tarixi va xalq og’zaki poetik ijo- dini mukammal o’rgangan, lirik shoir, qasidanavis, epik dostonchi va tarjimon si fatida tanilgan. Bizgacha uning 10 dan ortiq g’azal, qasida, qit’a, ruboiy, «Suhayl va Guldursun» dostoni, «Gu- listoni bitturkiy» asari etib kelgan. «Sindbodnoma»ni o’zbek tiliga qilgan tarjimasi saqlanmagan. She’rlari- da vatanparvarlik, odamiylik, inson qadrqimmati, do’stlik, muhabbat motiv- lari b-n birga ijtimoiy mavzu ham kuy- langan («kungul», «topilmas», «erur» va b.). S. S. Sa’diyning «Guliston» asari- ni o’zbek tiliga birinchi bo’lib tarjima qilib, yarim original, falsafiyaxloqiy «Gulistoni bitturkiy» asarini yarat- gan (1391). Sa’diy asarining aso- siy mag’zini olib, uni zamona ruhini va mahalliy muhitni aks ettiruvchi yangi hikoyatlar, qit’a va baytlar b-n to’ldirgan. Asar 8 bob, har bir bobda hikoyatlar bor. Hikoyatlarning ko’pchiligi didaktik mazmunda. Shoir pandnasihat qilish yo’li b-n adolat va osoyishta- lik o’rnatish, zolim podsho va amal- dorlarni insof va adolatga chaqirish, davlatni qat’iy qonunqoidalar asosi- da boshqarish, kishilar xulq-atvorini yaxshilash mumkin, deb o’ylaydi. Shu maqsadda tug’rilik, rostgo’ylik, sadoqat va marhamat kabi fazilatlarni targ’ib etadi. Asar katta adabiy yodgorlik, qad. turkiy tilni o’rganishda ham muhim man- Badir. Uning yagona qo’lyozmasi Gollan- diyadagi Leyden un-tida (inv. №1355), fotonusxasi, «Suhayl va Guldursun» dostoni qo’lyozmasi O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi. As: She’rlar, Guliston, T., 1968. Ad:. Mallaev N., O’zbek adabiyoti ta- rixi, 1kitob, T., 1976; O’zbek adabiyoti tarixi [5 j.li], 1J., T., 1977. Begali Qosimov.