Sanitariya
Sanitariya (lot. sanitas — sog’liq) — atrof muhitni sog’lomlashtirishga qaratilgan amaliy tadbirlar majmui. Epvdemiyaga qarshi hamda S.gigienaga ovd talab va me’yorlarni ishlab chiqadi va amalga tatbiq etadi. Turar joy, sano- at, oziq-ovqat S.si farq qilinadi. S.ning i.ch. va mehnat bo’limi qulay hamda xavfsiz mehnat sharoitini yara- tish uchun S. sog’lomlashtirish tadbir- lari kompleksini amalga oshiradi. I.ch. korxonalari va turar joymaishiy xona- larni gigiena talablariga ko’ra Ozoda sa- klash, havosini almashtirib turish, yori- tish, isitish (makroiqlim) me’yorlariga mosligi masalalari b-n shug’ullanadi. S.ning turar joy, kommunal bo’limi aholi punktlarini rejalashtirish, qurish, ko’kalamzorlashtirish, suv ta’- minoti, chiqindilardan tozalash va ka- nalizasiya, turar joy va umumiy foyda- lanish ob’ektlari (hammomlar, umumiy yashash joylari, sartaroshxonalar va dam olishsog’lomlashtirish maskanlari) ni nazorat qilish, atmosfera havosini muhofaza etish, transport va i.ch. shovqinlariga qarshi kurashish masala- larini o’z ichiga oladi. S.ning oziq-ovqat bo’limi oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va qayta ish- lash korxonalari hamda tegishli savdo tashkilotlari, shuningdek, ushbu ob’ekt- lardagi xodimlar salomatligi ustidan nazorat o’rnatadi. Rasional ovqatlanish usullarini amaliyotga kiritadi. Oziqovqat toksikoinfektsiyasi va intok- tsikasiyasidan ogohlantiradi. S.ning radiasion gigiena bo’limi ra- diasiya xavfeizligini nazorat qilishni ta’minlash masalalarini o’rganadi va tadbirlar ishlab chiqadi. S.ning maktab gigienasi bo’limi bolalar muassasalarida: maktablar, bolalar yaslibog’chalari, liseylar, kol- lejlar, sanatoriy va dam olish maskan- larida muntazam ravishda S. nazoratini o’rnatish hamda S.epidemiologiya tadbir- lari samaradorligini aniklash vazifa- larini bajaradi. O’zbekistonda S. tadbirlarini O’zbekiston sog’liqni saqlash vazirli- gi davlat sanitariyaepidemiologiya na- zorati departamenti, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlarning shu sohaga ixtisoslash- gan markazlari amalga oshiradi. S. tad- birlarini o’tkazish va ularni nazorat qilish barcha tibbiyot xodimlarining, jumladan, S. vrachlarining majburiyati hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining S. qonunlari umumiy va yuqumli kasalli- klarni kamaytirish va yo’qotish, turar joy punktlarini rejalashtirish S. ta- labme’yorlarini bajarish, suv havzalari, tuproq va atmosfera havosini muhofaza qilishga qaratilgan keng miqyosdagi rejali sog’lomlashtirish, epidemiyaga qarshi sanitariya tadbirlarini nazar- da tutadi va belgilaydi, shuningdek, S. qonunlari muassasalar, qurilishlar, oziq-ovqat ob’ektlari, bolalar muassa- salarida sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazishni va oziq-ovqat mahsulotlari, xalq xo’jaligi ehtiyoj mollarini ish- lab chiqish, saqlash, tashish, shuningdek, chegaralarning sanitariya muhofazasini belgilab beradi.