SUYAK O’YMAKORLIGI
SUYAK O’YMAKORLIGI – o’ymakorlik turi; suyakni o’yib naqsh, tasvir ishlash, kesib va yo’nib haykalcha, buyumlar tayyorlash san’ati. Asosiy xom ashyo suyak (mamont va morj tishi, fil, mol suyagi va shoxi, ot va b. hayvonlarning Su- yagi). Kerakli hajmdagi suyak bo’lagi tan- lab olinadi, ortiqcha qismlari arralab olib tashlanadi, g’adirbudur joylari egovda tekislanadi. Suyakka gul chizib, asboblar (Parma, arracha, egov va b.) yor- damida o’yib naqshlar hosil qilinadi hamda jilolanadi. S.o’. qadimdan yirik hayvonlar yashagan hududlarda ma’lum bo’lgan. Hindiston, Okeaniya, Afrika, Rossiya- ning shim.da taraqqiy etgan; O’rta Osiyo hududida geografik sharoitga ko’ra S.o’. rivojlanmagan. Xalq amaliy bezak san’- ati turlaridan — pichoqchilikda hamda mayda shaklli buyumlar (tugmacha va b.) tayyorlashda S.o’. qo’llaniladi. 20-a. 60y. laridan S.o’. O’zbekiston amaliy bezak san’atida bir qadar rivojlandi. Jum- ladan, xalq ustasi ortiq Fayzullaev sa’yharakati tufayli S.o’. da badiiy asarlar — «cho’pon», «Lazgi o’yini», «ku- Rant», «Navoiy» va b. yaratiddi.