ZAG’CHAKO’Z
ZAG’CHAKO’Z (Myosotis L.) — govzabondoshlar oilasiga mansub birikki yillik, ba’zan ko’p yillik o’tlar turkumi. Bargi ketma-ket joylashgan. Guli— gajak to’pgul, havorang (chala ochilgani pushti). Changchisi nay ichida. Mevasi— to’rt bo’lakchali danak. Yer yuzida 40 ga yaqin turi bor (ko’p turlari manzarali o’simlik sifatida ekiladi), shundan O’zbekistonda 4 turi adir va tog’zonalaridagi sernam, soya joylarda ko’p o’sadi. Faqat bitta turi ekinlar orasida uchraydi.