Suvog’riq, suauru, tripanosomozlar

Suvog’riq, suauru, tripanosomozlar — tuya, ot, eshak, xachir va b. uy hayvonlari hamda yovvoyi hayvonlarda uchraydigan surunkali invazion kasal- lik. Kasallikni Trupanosoma turkumi- ga mansub sodda xivchinlilar qo’zg’atadi, asosan, O’rta Osiyoda tarqalgan. Suv havzalari bor joylarda (shuning uchun S. deb atalgan) qon so’ruvchi hasharotlar (chi- Vin va so’na) orqali kasal hayvonlardan yuqadi. Inkubasiya davri 12-20 kun. Tripanosomalar hayvon qonining zar- dobi (plazmasi)da parazitlik qiladi va o’zidan zaharli modda (tripanotoksin) chiqarib, organizmning hamma a’zolari- ni, birinchi navbatda, nerv sistemasi- ni zaharlaydi. Kasal hayvonning tana harorati ko’tarilib, nerv tugunchalari kattalashadi, ozadi, kamqonlik pay- do bo’ladi, ko’zi va terisi zararlanadi, ko’pincha o’ladi. Davolash: qonga (venaga) naganin, an- trisid, samorin, berinil va b. antigel- mentiklar yuboriladi. Oldini olish: qon so’ruvchi hasharotlar yo’q qilinadi, sog’lom hayvonlar qoniga antigelmintiklar yuboriladi.