ZAHKASHLAR

ZAHKASHLAR (Oniscoidea) — har xil oyoqli qisqichbaqasimonlar kenja turkumi uzunligi 1-50 millimetr. 1000 ga yaqin turi ma’lum. Ko’pchilik turlari quruqlikda yashashga moslashgan. Nam joylarda hayot kechiradi (nomi shundan olingan). Kechasi faol, kunduzi pana joylarga yashirinib oladi. Cho’lda hayot kechiradigan Zahkashlar Hemilepistus cristatus inining chuqurligi 1 metrga yetadi. Ayrim Zahkashlar Jabra yaproqlarini qoplab turadigan yupqa suv qatlamlarida erigan kislorod bilan nafas oladi, boshqalarida atmosfera havosidan nafas oladigan maxsus moslama bo’ladi. Eng tuban tuzilgan Zahkashlarning hayoti suv muhiti bilan bog’liq: Ligia urug’i turlari dengiz sohilida yashaydi va uzoq muddat davomida suv ostida qolishi mumkin. Ligidium urug’i vakillari soylarda yashaydi. Ko’pchilik Zahkashlar o’simlik qoldiqlari bilan oziqlanib, tuproq hosil bo’lishida ishtirok etadi. Ayrim Zahkashlar (Hemilepistus zachvatkini) sug’oriladigan maydonlar va issiq xonalardagi ekinlarga ziyon yetkazadi.