Sentlyusiya

Sentlyusiya (Saint Lucia) Karib dengizidagi SentLyusiya o.da joylashgan davlat; kichik Antil o.lari arxipela- gining Jan.Sharqiy qismida. Mayd. 616 km2. Aholisi 160,1 ming kishi (2002). Poytaxti — Kastri sh. Ma’muriy jihatdan 11 tumanga bo’linadi. Davlat tuzumi. S.L. — konstitusiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligida- gi Hamdo’stlik tarkibiga kiradi. Amal- dagi Konstitusiyasi 1978 y.da ishlab chiqilgan. Davlat boshlig’i — Buyuk bri- Taniya qirolichasi nomidan ish yurituv- chi generalgubernator. Qonun chiqaruvchi hokimiyat organi 2 palatali (Senat va Majlis palatasi) parlament. Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Orol er yuzasi tog’va vodiy- dan iborat. Markaziy qismida uncha ba- Land bo’lmagan tog’lar (eng baland joyi Jimi togi — 959 m) bor. Tog’lardan oqib tushuvchi soy va jilg’alar sharsharalar hosil qiladi. Iqlimi tropik, passatli. O’rtacha oylik tra 26°. Yanv.dan apr.gacha quruq mavsum, may— avg. yog’ingarchilik mavsumi. Yillik yog’in 1500-3000 mm. Orolning ko’p qismi tropik o’rmonlar b-n qoplangan bo’lib, unda orxideya ko’p o’sadi. Hayvonot dunyosi anvoyi qushlar (to’ti, kolibri), turlituman hasharot va sudralib yuruvchilardan iborat. Aholisining asosiy qismi sentlyu- siyaliklar (negrlar va mulatlar) bo’lib, ular banan plantasiyalarida ishlatish uchun mustamlakachilar tomonidan kelti- rilgan afrikalik qullarning avlodla- ridir. Aholining 2/3 qismi shaharlarda yashaydi. Dindorlari — asosan, katoli- klar. Rasmiy til — ingliz tili. Tarixi. Orol evropaliklarga 1502 y. X. Kolumb sayohatidan keyin ma’lum bo’lgan. 17-a. o’rtalarida Buyuk Britaniya b-n Frantsiya o’rtasida talash bo’lgan va bir necha marta goh inglizlar, goh Fran- suzlar qo’liga o’tib turgan. 1814 y.dan Buyuk Britaniya mustamlakasi. 1958-62 y.larda VestIndiya federasiyasi tarki- bida. 1967 y. 1 martda «Buyuk Britaniya b-n uyushgan davlat» maqomini olgan. 1979 y. 22 Fev.dan S.L. mustaqil davlat. 1979 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 22 Fev. — Mustaqillik kuni (1979). Siyosiy partiyalari va kasaba uyush- malari. S.L. Leyboristlar partiya- si, 1946 y. asos solingan; Birlashgan ishchi partiyasi, 1964 y. tashkil etilgan; Taraqqiyparvar leyboristlar partiyasi, 1981 y. tuzilgan. Mehnatkashlar milliy Ittifoqi kasaba uyushmasi, Jahon kasa- ba uyushmalari federasiyasiga kiradi; S.L. dengizchi va port ishchilari kasaba uyushmasi, 1945 y. tashkil etilgan; S.L. ishchilar uyushmasi, 1939 i. tuzilgan. Xo’jaligi. Iqtisodiyotning aso- si q.x. va xorijiy sayyoxlarga xiz- mat ko’rsatishdan iborat. Yalpi ichki mahsulotda q.x.ning ulushi 10,7%, sa- noat ulushi 32,3%, xizmat ko’rsatish tarmog’i ulushi 57% ni tashkil etadi. Asosiy q.x. mahsulotlari — banan, ko- kos yong’og’i, Mango, kakao, tsitrus meva- lar, shakarqamish. Qoramol, cho’chqa, qo’y, echki boqiladi. Yog’och tayyorlanadi. Uncha katta bo’lmagan sanoat korxonalari, asosan, q.x. xom ashyosini qayta ishlash b-n shug’ullanadi. Elektron qismlarni yig’uvchi, karton, sigaret, gazlama, kiy- im, o’yinchoq ishlab chiqaruvchi korxona- lar bor. Yiliga o’rtacha 112 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Mamla- katda t.y. yo’q. Avtomobil yo’llari uz. 820 km. Asosiy dengiz porti va aeropor- ti — Kastri. Chetga banan, kopra, kokos yog’i, kakao, tsitrus mevalar, rom, kiyim, o’yinchoq chiqariladi. Chetdan sanoat mollari, xom ashyo, yoqilg’i oladi. Buyuk Britaniya, AK.Sh, Karib havzasi mamla- katlari b-n savdo qiladi. Pul birligi — Sharqiy Karib dollari. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Gaz. va jur.lari: «voys of SentLyusiya» («SentLyusiya ovozi», haftada 2 marta chiqadigan gaz., 1885 y.dan), «katolik kronikl» («katolik xronika», oynoma, 1957 y.dan), «Kru- seyder» («salibchi», haftanoma, 1934 y.dan), «Mirror» («oyna», haftanoma, 1994 y.dan). «SentLyusiya brodkasting Korporeyshn» radioeshittirish hukumat xizmati mavjud. «Xemen Televiji si- Stem» tijorat televidenie xizmati 1967 y. tashkil etilgan.