Sitorai mohi Xosa

Sitorai mohi Xosa – Buxorodagi mang’itlar sulolasining 3 AV- Lodiga mansub saroy — bog’. Buxorodan 4 km shimolda. Dastlabki binolar na- srullaxon (1826-60) va Muzaffar- xon (1860 — 85) hukmronligi davrida qurilgan. Abdulahadxon hukmronligi davri (1885-1910) da saroy va xushman- Zara bog’barpo etilgan. Amir Olimxon hukmronligi davri (1910-20)da yangi saroy qurilgan. S.M.X. maydoni 6,7 ga bo’lib, eski saroy, g’isht to’shalgan 3 hovli va ko’pgina xonalardan iborat. Bu erdagi Amir Muzaffarxon mehmonxonasi keng, baland zali, ikki tomondagi bolxo- nali ayvonlari, evropacha eshik va Dera- zalari b-n ajralib turadi. Uch qismga bo’lingan murabba tarhli xonani tash- kil etuvchi Abdulahadxon xonasi birbi- riga qaramaqarshi joylashtirilgan va bir xilda bezatilgan 2 zal o’rtasidagi baland supa orqali birlashtirilgan. Supaning G’arb tomoniga shohnishin taxt o’rnatilgan. Eski saroy sharqidagi Amir Olimxonning bosh qarorgohi — yangi saroyga ravoqli muhtasham darvoza o’rnatilgan. Darvoza ustidagi ravoq O’rta Osiyo binolariga xos bo’lmagan shaklda ishlangan, yon qismlari sirlangan, to’q qizil, ko’k, gunafsha va havo rang koshin b-n qoplangan. An’anaviy sirkori par- chinlar b-n birga Rossiyadan keltirilgan kafel qoplamalardan ham foydalanil- gan. Darvozaning tepa qismiga ganchdan guldon shaklidagi bezaklar ishlangan. Yog’ochdan qilingan ikki tabaqali dar- vozaga milliy naqshlar o’yilgan va mis gul mixlar b-n mustahkamlanib, nafis guldor zulfin o’rnatilgan. Darvozaxona- dan tashqi hovliga o’tiladi. Hovlining 3 tomoni ayvon b-n o’ralgan. Darvozadan kirishda o’ng qo’lda kichkina favvora bor. Katta ayvon hovlining shim. tomonida, G’arb tomonida Oqsaroy, Jan. tomoni- da esa oynavand ayvon, kutish xonasi va amirning qabulxonasi joylashgan. Bi- noga kiraverishda G’ozg’on marmaridan usta Abdurahim yo’nib ishlagan sher haykallari bor. Amir qabulxonasi DAX- Lizi devorlari ganchdan naqshdor qilib bezatilgan. Namoyonlariga naqqosh usta Oqsaroy ichkarisi Sharqning jimjima- dor, nafis naqshlari jozibador gullari b-n uyg’unlashgan. Devorning ko’zgulardan iborat bo’lishi va gulganchdan ishlangan bezaklarning ko’zni qamashtiradigan darajada oqligi xonani kurkam qilib ko’rsatadi. Oqsaroy 2 yil mobayni- da usta Shirin rahbarligida (25 — 30 kishi tomonidan) qurilgan va pardoz- langan. Yangi saroy rus muhandislari Sakovich va Margulis rahbarligida qurilgan. Qabulxona Evropa uslubida biridan ikkinchisiga o’tiladigan qilib qator joylashtirilgan. Yangi saroyning kiraverishi boqqa tutashib ketgan. Bog- ning shim. qismida Haram joylashgan. Uning g’arbida Haram xizmatkorlari uchun xonalari bo’lgan kichik hovli bor. Haram 2 qavatli va yarim doira shaklida qurilgan. Mahalliy me’morlik an’a- nalarini o’zida saklab qolgan. Bog’ning qoq o’rtasida 8 xonali ko’shk bor. Uning xonalari 8 qirrali qilib qurilgan mehmonxona atrofida joylashgan. Osh- xonaning devorlari tilla va kumush suvi yugurtirib bezatilgan. Ko’shkning Jan.da to’g’ri burchakli devori tokchali katta xona bo’lgan. Qolgan boshqa xonalar yotokxo- na va xizmatkorlar uchun mo’ljallangan. Bog’ning Jan.da ikki qavatli masjid, katta hovuz qurilgan (1917-18). Hovuz kulrang G’ozg’on marmari b-n qoplangan. Binoning ichida uzun yo’lak bo’lib, xona- lari faqat bir tomondan shamollatilgan. Hoz S.M.X.da Buxoro davlat me’moriy- badiiy muzeyqo’riqxonasi, dam olish uyi va bolalar sanatoriysi joylashgan. Ad.:3ohidov P. Sh., Me’mor olami, T., 1996. Po’lat Zohidov.