Skarlatina
Skarlatina (lot. scarlatum — och qizil rang) —aksariyat bolalarda uch- raydigan infektsion kasallik. Isitma, umumiy intoksikasiya, murtak bezlari va tomoqning yallig’lanishi, teriga may- da toshmalar toshishi va h.k. bn kechadi. Qo’zg’atuvchisi A guruhiga mansub gemoli- tik streptokokklar. Kasallik manbai — bemor, shuningdek, boshqa streptokokk- li infektsiya (angina, faringit)lar b-n ofigan kishilar. Infektsiya havotomchi yo’li orqali yuqadi. Ba’zi bemor foyda- langan o’yinchoq, idishtovoklar va b. ham S. tarqalishiga sabab bo’ladi. Ko’proq 2— 6 yashar bolalarda kuzqish oylari- da uchraydi. Yashirin davri o’rtacha 2-7 kun. Odatda, to’satdan boshlanadi. Gavda harorati tez 39-40° gacha ko’tarilib, bemor holsizlanadi, boshi va tomog’i og’riydi, ko’pincha qusadi. Kasallikning dastlabki kunlarida terida qizil, may- da nuqtasimon toshmalar paydo bo’ladi. Tomoqda S.ga xos angina alomatlari ko’zga tashlanadi, qizargan yumshoq tan- glay qattiq tanglayning oqish shilliq qavatida yaqqol ajralib turadi. Til qalin karash b-n qoplanadi. Jag’osti bezlari katgalashadi va paypaslaganda og’riq seziladi. Kasallikning avj olgan davri 4-5 kun davom etadi. Bu davrda an- gina, limfa bezlarining kattalashishi, toshmalar ortib boradi. Gavda harorati 39° va undan ham yuqori bo’ladi. Bemor- ning eshushi xiralashishi, alahlash hollari kuzatilishi mumkin. 4-5 kun- dan so’ng harorat pasayib, bemor o’zini yaxshiroq his qiladi. Til uchi tomoni- dan karashdan tozalanib boradi. Undan musaffo bo’lgach, til malinaga o’xshab qipqizil bo’lib qoladi. Kasallikning 6kunlaridan sog’ayish davri boshlanadi. 10kunlariga kelib kasallikning barcha alomatlari yo’qoladi. Kasallikning ik- kinchi haftasidan boshlab terida pust tashlash kuzatiladi, badandan mayda ke- paksimon, qo’l va oyoq kafti, panjalar- dan po’st palahsa bo’lib ko’chadi. S.ning engil, o’rtacha og’ir va og’ir turlari ajra- tiladi. Kasallikning dastlabki kunla- ridan boshlab qonda yaqqol ifodalangan leykositoz, eozinofiliya, o’zgarishlar ro’y beradi. Eritrositlarning cho’kish tezligi (ECHT) ham ortib, soatiga 30-50 mm ni tashkil qilish mumkin. S.ning barcha turlarida ham turli asoratlar: ne- frit, limfadenit, sinusit, yuraktomir sistemasining jarohatlanishi va b. ku- zatiladi. S. b-n og’rigan bola, albatta, o’rinko’rpa qilib yotishi shart, uni kasal- xonaga yotqizishyotqizmaslikni vrach hal qiladi. Kasallik engilroq kechganida be- morni uyda davolash mumkin. Davosi. Be- Morning og’zi va tomog’i 2%li soda erit- masi yoki 1:5000 nisbatdagi furasillin eritmasi b-n chayib turiladi. Eritromi- Tsin, penisillin, bitsillin5 va b. anti- biotiklar 7 kun davomida beriladi. Al- lergiyaga qarshi preparatlar qo’llanadi.