Sulton Jo’ra

Sulton Jo’ra (taxallusi; asl ism-sharifi Jo’raev Sulton) (1910.15.1, Shofirkon tumani — 1943.10.11, Gomel sh.) — shoir. Buxorodagi erlar bilim yur- tida o’kigan, so’ng maktab va bilim yurti- da o’qituvchilik qilgan (193036). 193639 y.larda Andijon pedagogika in-tida o’qigan va shu erda dars bergan; 2-jahon urushi katnashchisi; urushda halok bo’lgan. S.J.ning «Fidokor» (1939), «Shodligim», «ochiq chexralar» (1939), «Moskva» (1941) she’riy to’plamlari e’- lon qilingan. 1939 y. shoir ijodining eng samarali pallasi bo’lib, u shu yili «Parvoznoma» balladasi, xalq rivoyatla- ri asosida «Zangori gilam», «Qaldirg’och», shu- ningdek, «Karim va Qunduz» dostonla- rini yozgan. Shoirning mashhur italyan astronomiga bag’ishlangan «Bruno» do- stoni (1938) 30y.larda yaratilgan o’zbek dostonlarining eng yaxshi namunalari- dan hisoblanadi. Badiiy soddalik, sa- mimiylik, xalq og’zaki ijodiga yaqinlik S.J. she’riyatining eng yaxshi xususiyat- laridir. S.J.ning adabiy merosida bo- lalar hayotidan olingan asarlar alohida o’rinni egallaydi. Uning so’nggi asari — «Iroda» dramasi (1942, Vosit Sa’dulla bilan hamkorlikda) Andijon viloyat te- atrida sahnalashtirilgan. Shoirning jasadi Gomel sh. Love tumani Kozerogi qishlog’ida dafn etil- gan. Andijon, Buxoro va Shofirkon shaharlaridagi ko’chalarga, shuningdek, Shofirkon tumanidagi maktab, kinote- ATR va fuqarolar yig’iniga S.J. nomi berilgan. J As: yomg’irdan so’ng, T., 1965; she’rlar, T., 1 1973. Ad.: Mo’minov G’., Otashqalb shoir, T., 1970; Aliev S, Buxoroda bitilgan bayt- lar, T., 1992.