Saperavi

Saperavi — o’rtapishar, qad. Gru- zin vinobop uzum navi. Qora dengiz bo’yi ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Gruziya (Kaxetiya), Ozarbay- jon, O’zbekistan, Krim, Rossiya Jan.da tarqalgan. Tupi kuchli va o’rtacha o’sadi, bargi yirik, tuxumsimon yoki to’garak, 3-5 bo’lmali, orqasi tukli. Guli 2 jin- sli. Uzum boshi 150 g atrofida, konussi- mon, g’ujumi havol, o’rtacha zich, to’q yashil, qora mumg’ubor b-n qoplangan. Pusti yupqa, eti suvli. Faol harorat yig’indisi 3000° da 140-150 kunda (iyulda) etiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Hosildorligi 90-160 ts/ga. Zamburug’li kasalliklarga chidami o’rtacha. Sovuqqa chidamli. Uzumi- dan desert, o’rtacha shirin, ovqat ustida ichiladigan hamda shampan vinolari tay- yorlanadi.